Ijtimoiy tarmoqlarda «Bizga kelgan videoga ko‘ra, Xatirchida mashinalarni to‘xtash mumkin emas joyga to‘xtaganini yuborib pul ishlagan odamni ushlashgani aytilmoqda» nomli video tarqalgan edi.

Ushbu holatga Navoiy viloyati IIB Rasmiy munosabat bildirdi.

Munosabatda qayd etilishicha, 2021 yilning 29 iyun kuni Xatirchi tumanining Ko‘ksaroy mahallasida yashovchi Sh.A. va S.O. moddiy manfaat ilinjida tuman markazida taksichilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning avtomashinalarining davlat raqamlarini yashirin ravishda suratga olgan. Taksichilik bilan shug‘ullanuvchi bir necha shaxslar ularni ko‘rib qolib, nima sababdan suratga tushirib yurganini, buning uchun ularga jarima belgilanayotganini ma’lum qilgan.

Sh.A. va S.O. mashinalarning davlat raqamlarini suratga tushirmaganini aytib, qilgan ishlaridan bo‘yin tovlashgan. Shundan so‘ng ushbu shaxslarni taksi haydovchilari urib-do‘pposlab, suratga olgan telefon apparatlarini tortib olishgan hamda 85 Q 127 GA davlat raqamli “Spark” mashinasiga moddiy zarar yetkazgan.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxslarning barchasi tuman IIBga olib kelinib, shaxsiga aniqlik kiritilgan va holat yuzasidan batafsil tushuntirish xatlari olingan.

Ayni paytda holat yuzasidan Xatirchi tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Abduvali Bo‘riyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taksi haydovchilari ularning qoidabuzarligini suratga olgan ikki fuqaroga «dars» bermoqchi bo‘ldi