BMTning Taraqqiyot dasturi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida “Takafulni amaliyotga tatbiq etish” mavzusida trening tashkil etdi.

Treningda sug‘urta bozorini tartibga soluvchi organ, turli davlat tashkilotlari hamda O‘zbekiston sug‘urta sohasi vakillari ishtirok etdi. Treningni o‘tkazish uchun indoneziyalik xalqaro ekspert Ervin Noekman taklif etildi.  

Ikki kun davom etgan treningda ishtirokchilar Takaful modellari, me’yoriy-huquqiy va shariat asoslari, shartnoma tuzilmalari, operatsion tuzilma va boshqa mavzular bilan tanishdi.  

– Takaful sug‘urtasi O‘zbekiston aholisini turli xavf-xatarlardan himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, sohani rivojlantirish va diversifikatsiya qilishga xizmat qiladi, – dedi Agentlik sug‘urta bozorini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Otabek Yoqubov. – Shu bois treningda qatnashish mahalliy sug‘urta bozori vakillari uchun juda foydali va muhim. 

Trening Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda sug‘urta risklarini moliyalashtirish (IRFF)” global loyihasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Uning asosiy maqsadi loyihada ishtirok etayotgan mamlakatlarni O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishda qo‘llab-quvvatlash, jumladan, sug‘urta siyosatini mamlakatning iqtisodiy rivojlanish dasturiga integratsiyalash, inklyuziv sug‘urtani rivojlantirish, suveren xavflar, tabiiy ofatlardan kelib chiqadigan xavflarni moliyalashtirish, qo‘shimcha investitsiyalarni sug‘urtalashdan iborat.  

Ma’lumot o‘rnida atish joiz, Takaful o‘zaro yordam va hamkorlikka asoslangan, shariat tamoyillari doirasida faoliyat yurituvchi islomiy sug‘urta tizimi hisoblanadi. Bu kooperativ tizim bo‘lib, unda ishtirokchilar an’anaviy sug‘urta modeliga tayanmasdan, ma’lum risklarga nisbatan bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z resurslarini birlashtiradi.  

Sh.Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Takaful – O‘zbekiston aholisini turli xavf-xatarlardan himoya qilishga qaratilgan sug‘urta