Toshkentda joriy yilning 1-2 noyabr kunlari 5-yubiley O‘zbekiston Xalqaro kon-metallurgiya forumi o‘tkazildi. Unda yurtimiz va xalqaro miqyosda kon-metallurgiya sektorini rivojlantirish istiqbollari, tarmoq oldida turgan muammolar va ularni bartaraf etish strategiyalari, mahalliy kon sanoatini o‘zgartirish masalalari, texnologik innovatsiyalarni joriy etish, turli xil konlarni qazib olish tajribasi kabi masalalar ham muhokama etildi.

Shuningdek, xalqaro anjumanda zaxiralarning o‘sishini ta’minlash uchun yangi konlarni qidirish va bu ishlar uchun ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhit yaratish, rangli, qora, radioaktiv va noyob metallar metallurgiyasining salohiyatini rivojlantirish kabi muhim strategik maqsadlarni amalga oshirish yo‘llariga alohida e’tibor qaratildi. Forum doirasida o‘tkazilgan “Tog‘-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan – 2023” 17-xalqaro ko‘rgazmasida tog‘-kon sanoati mashinalari, uskunalari va texnologiyalari, kon boyitish kombinatlari, shaxtalarida xavfsizlikni ta’minlash yechimlari, metallsozlik va metallurgiya uchun ilg‘or dasturiy ta’minotlar, xizmatlar namoyish etildi.

Ushbu xalqaro forum va ko‘rgazmada Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining mas’ullari va mutaxassislari faol ishtirok etdi.

– Forumda ishtirok etgan xorijiy muhandislik kompaniyalari o‘zlarining eng ilg‘or yutuqlarini Olmaliq sharoitida kombinatda joriy etishni istaydi, – dedi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh muhandisining texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari, forum spikeri Abduqahhor Saynazarov. – Masalan, forumda sanoat xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan Kanada kompaniyasi kombinatga qiziqish bildirdi. Shuningdek, Ispaniya elchixonasining sanoat bo‘limi boshlig‘i ispan sanoat korxonalarini, muhandislik kompaniyalarini jalb qilib, Ispaniyada yoki O‘zbekistonda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida uchrashuv tashkil etish taklifini bildirdi. Bundan tashqari, ko‘plab xorijiy kompaniyalarning vakillari hamkorlik yuzasidan o‘z takliflarini berdi. Ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarish jarayoniga taklif etdik. O‘ylaymanki, ushbu forum sohaning yetakchi ekspertlari, biznes vakillari, kompaniyalari, moliya institutlari, davlat tuzilmalari va soha mutaxassislari o‘rtasida konstruktiv muloqot va tajriba almashish uchun noyob platforma vazifasini o‘taydi.

OKMK Axborot xizmati
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tajriba almashish samaradorligi yanada oshadi