"Tailand Open": 5 bokschimiz chorak finalda jang qiladi
Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha "Tailand Open" xalqaro turnirida bugun 5 nafar bokschimiz chorak final bosqichida ringga ko‘tariladi.
Jumladan, 1/4 finalda vazni -60 kg. bo‘lgan Madiyar Daniyarov filippinlik Jon Napoles bilan jang qilsa, -90 kg. vazn toifasida Elyorbek Jo‘raboyev Janubiy Koreya vakili Jung Xaneulni sinovdan o‘tkazadi. Shuningdek, -65 kg.da Navbahor Hamidova - Kang Sukyoung (Janubiy Koreya), -70 kg.da Muhammadazizbek Ismoilov - Someya Shoi (Yaponiya) va -60 kg.da Sitora Turdibekova - Chengyu Yang (Xitoy) bellashuvlari tashkil etiladi.
Ma’lumot o‘rnida: kuni kecha Faryozbek Do‘smatov, Shodiyorjon Meliqo‘ziyev va Sabina Boboqulova o‘z vazn toifalarida ilk janglarini g‘alaba bilan yakunladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA