Tahliliy va tanqidiy ruhdagi yig‘ilish
Nurafshon shahrida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev raisligida bir qator muhim masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda viloyat prokurori, IIBB, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kotibiyat mudirlari, guruh rahbarlari, viloyat boshqarma va tashkilot rahbarlari, hududiy tuman-shahar mas’ullari, “mahalla yettiligi” ishtirok etdi.
Dastlab, 2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari ijrosi yuzasidan hududlarda olib borilayotgan ishlar sarhisob qildi. Aytish mumkinki, joriy yilda 115,7 ming nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish belgilangan. Tahlil qilinganida, rahbarlar tomonidan ayrim yo‘nalishlarda ish o‘rinlari tashkil etishga yetarlicha e’tibor qaratilmayotgani yoki imkoniyatlardan to‘liq foydalanmayotgani ma’lum qilindi.

Masalan, yanvar-fevral oylarida 3 ming 184 ta oilalarga jami 5 ming 220 ta xizmatlar ko‘rsatilgan. Bu bo‘yicha Ohangaron, Bekobod shaharlari va Bekobod tumanida yuqori natijaga erishilgan. Biroq Ohangaron, Bo‘stonliq, Yangiyo‘l tumanlarida bu boradagi ishlar sust ekani qayd etildi. Shuningdek, bu yil viloyat mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha “mahalla yettiligi”, ya’ni “Ijtimoiy profilaktika” tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida ham so‘z yuritildi.
Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan kamchilikka yo‘lga qo‘ygan hokimlar va rahbarlar qat’iy ogohlantirildi. Yo‘nalishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berilib, muddatlari belgilandi.
A.Musayev, O‘zA