Taekvondochilarimizning Janubiy Koreyadagi g‘alabalari
Mamlakatimiz taekvondo (WTF) ustalari Janubiy Koreyada o‘tkazilgan «Chuncheon Korea open – 2017» turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Mamlakatimiz taekvondo (WTF) ustalari Janubiy Koreyada o‘tkazilgan «Chuncheon Korea open – 2017» turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.Kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarda Diyor Sobirov, Nigora Tursunqulova va Umida Abdullayeva o‘z vazn toifasida tengsiz, deb topildi. Nikita Rafalovich va Temur Sobirov uchinchi o‘rinni egalladi.
O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda Boburxon Karimov o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Intizor Abdulalimova kumush, Madinabonu Mannopova, Javohir Toshpo‘latov va Doniyor Yo‘ldoshev bronza medal bilan taqdirlandi.
Kadetlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Amirbek To‘rayev, Azizbek Rahmonberdiyev, Zafar Karimov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Sevinch Musirova ikkinchi, Sanjarbek Qobiljonov, Umida Hasanova, Mumtozbegim Xalilova, Zarnigor Husniddinova uchinchi o‘rinni egalladi.
Eng kichik yoshdagi sportchilar o‘rtasida Abdumalik Abdumajidov o‘z vazn toifasida birinchi, Nurlan Baxajayev, Diyora Inomaliyeva, Kamolbek G‘ulomjonov ikkinchi, Zafar Sattorov, Izzatbek G‘ulomjonov uchinchi bo‘ldi.
Xalqaro turnirda taekvondochilarimiz 8 oltin, 5 kumush va 11 bronza medalni qo‘lga kiritdi.