Taekvondochilarimizni jiddiy sinov kutmoqda
Bugun, 7 dekabr kuni Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Katta dubulg‘a chellenjer” musobaqasi boshlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda va kun davomida to‘rt nafar sportchimiz dayanga chiqadi.
Jumladan bugun -68 kg. vazn toifasida Diyorbek To‘xliboyev – Yui Chiu (Xitoy Taipeyi) va Najmiddin Qosimhojiyev – Visente Yunta (Ispaniya) jangiga guvoh bo‘lsak, +80 kg. vaznda Shuhrat Salayev xitoylik Zedong Vang, vazni -67 k. bo‘lgan Feruza Sodiqova neytral sportchi Ulyana Kradinovaga qarshi jang o‘tkazadi.
Mazkur musobaqa ertaga, 8 dekabr kuni yakunlanadi va o‘sha kuni yana 4 nafar vakilimiz medallar uchun kurash olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA