Taekvondochilarimiz “Qatar Open”da 6 ta medalga sazovor bo‘ldi
Qatar poytaxti Doxada taekvondo "WT" bo‘yicha o‘tkazilgan “Qatar Open” xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Shiddatli kechgan musobaqalarda taekvondochilarimizdan Yodgorbek Jo‘raboyev va Svetlana Saidova oltin, Madina Mirabzalova kumush, Najmiddin Qosimhojiyev, Shabbona Abduvaliyeva va Mohidil O‘ktamjonova bronza medallariga ega chiqdi.

E’tiborli jihati terma jamoamiz a’zolaridan Svetlana Saidova musobaqaning “Eng yaxshi ayol sportchi”, qizlar jamoamiz esa “Eng yaxshi ayollar jamoasi", nominatsiyasida sovrindorlikka erishdi.
Umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA