Taekvondochilarimiz bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Prezident kubogi musobaqasining ilk kunida 12 nafar taekvondochimiz bahslarga kirishadi.
Pokistonda taekvondo WT bo‘yicha “8th World Taekwondo President’s Cup – Asia” xalqaro turniri start oldi. G3 toifasidagi musobaqaning kyorugi yo‘nalishidagi bahslari bugundan boshlanib, unda O‘zbekiston milliy terma jamoasining 12 nafar vakili tatamiga chiqadi.
Dastlabki kun doirasida erkaklar o‘rtasida 58 kilogramm vazn toifasida Asadbek Samandarov hamda Omonjon Otajonov, 74 kilogrammda Najmiddin Qosimhojiyev, Mironshohmirzo Muzaffarov va Ahadjon Muxtorov, +87 kilogrammda esa Xudoynazar Shodmonov va Marat Mavlonov ishtirok etadi.
Ayollar o‘rtasida 62 kilogramm vazn toifasida Sevinch Hayitova, Mohidil O‘ktamjonova va Diyora Azizova, +73 kilogrammda Svetlana Saidova hamda Iroda Mirtojiyeva yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA