Avstriyaning Insburk shahri mezbonlik qilgan G1 toifasidagi “Austrian Open” xalqaro turnirida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yuksak natijalarni qayd etdi.

Musobaqada 50 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan 800 ga yaqin sportchi ishtirok etdi. Mazkur nufuzli bellashuvda yurtimiz sharafini himoya qilgan taekvondochilar 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu natija evaziga O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.  

Turnir davomida terma jamoamiz vakillaridan Nazarali Nazarov (63 kg.), Yodgor Jo‘raboyev (87 kg.), Madina Mirabzalova (57 kg.), Ozoda Sobirjonova (67 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg.) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Jahongir Xudoyberdiyev (54 kg.), Kamron Mansurov (58 kg.), Azizbek Abduqodirov (87 kg.) va Marat Mavlonov (+87 kg.) kumush medali bilan taqdirlandi.  

Shuningdek, Omonjon Otajonov (58 kg.), Najmiddin Qosimxojiyev (74 kg.), Zuhra Tojimatova (46 kg.) hamda Shabona Abduvaliyeva (57 kg.) o‘z vazn toifalarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

Ushbu g‘alaba yurtimizda taekvondo WT sportiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlarning amaliy ifodasidir.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondochilarimiz Avstriyada tengsiz bo‘ldi