“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan oilaviy baxt va qadriyatlar mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda 728 nafar respondent ishtirok etgan.

Ularning 78,6 foizini ayollar, 21,4 foizini esa erkaklar tashkil etdi. Tahlillar natijasida ularning 67,1 foizi shaharda, 32,9 foizi esa qishloqda istiqomat qilishi, respondentlarning 72,9 foizi oilali, 18,9 foizi hali turmush qurmagan, 6,4 foizi esa ajrashgan oila vakillari ekanligi aniqlandi. 

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nodira Egamberdiyeva tadqiqot natijalari xususida ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, o‘zbek oilalari uchun o‘zidan keyin avlod qoldirish oilaviy hayotning eng asosiy maqsadi ekanligi tadqiqot natijasida o‘z ifodasini topdi.  

O‘zbekistondagi oila qurishning asosida eng avvalo, avlod qoldirish (37,1 foiz), sevimli kishisi bilan birga yashash (25,8 foiz) singari maqsadlar yotishi qayd etildi. Shuningdek, har to‘rtinchi respondent (25,6 foiz) oila qurishda diniy qadriyatlardan kelib chiqqan holda asosiy maqsadini belgilaydi.  

Jumladan, tadqiqotga jalb etilgan har to‘rt kishining 3 tasi, aniqrog‘i 76,1 foizi oilasiz hayotni umuman tasavvur qila olmasliklarini qayd etishgan bo‘lsa, 18,9 foiz hali turmush qurmagan shaxslar bu borada biror bir fikr bildirishga qiynaldi.  5,5 foiz respondentlarda befarqlik kuzatildi. Asosan er yoki xotin tomonidan amalga oshiriladigan deviant   xatti-harakatlar oilaviy ajrimlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘ladigan asosiy holatlar ekanligi ma’lum bo‘ldi. 

Tahlillar mamlakatimizda oilada turmush o‘rtog‘iga nisbatan an’anaviy o‘zaro samimiylik va yaqinlikka asoslangan qarash ko‘proq muhim ahamiyat kasb etayotganligidan dalolat beradi. Respondentlarning qariyb uchdan biri, ya’ni 32 foizi o‘z turmush o‘rtoqlarini birinchi navbatda sevimli yor, 29,1 foizi esa oilaning boquvchisi, tayanchi, 10 foizi yaqin eng yaqin maslahatgo‘yi sifatida talqin etadi. Shu bilan birga, tadqiqot natijasida 27,5 foiz respondentlar uchun esa turmush o‘rtog‘i faqatgina farzandlar uchun ota yoki ona vazifasini bajarishi ma’lum bo‘ldi.  Olingan natijalar oila aholi uchun muqaddas institut sifatida o‘z o‘rnini saqlab qolayotganligini namoyon etdi. 

21,2 foiz respondentlar xiyonat, 19,7 foizi o‘zi va farzandlariga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik qo‘llanilishi, 19,7 foiz respondent esa turmush o‘rtog‘ining giyohvandga aylanib qolishi oilalarni ajralishga sabab bo‘lishini bildirdi. Eng ahamiyatlisi, 15,2 foiz respondentlar har qanday vaziyatda ham o‘z oilalarini saqlab qolishga harakat qilishlarini bayon qilgan. Shu bilan birga, yaqin qarindoshlariga nisbatan qo‘pol va hurmatsiz munosabatda bo‘lish (6,9 foiz), turmush o‘rtog‘ining ruhiy nosog‘lomligi (6,6 foiz), muttasil ichkilikka rujo‘ qo‘yishi (5,7 foiz) ham oilaviy ajrimlar uchun asos bo‘lishi mumkinligi respondentlar tomonidan qayd etildi. 

Olingan natijalar tahlili oilalari uchun o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish, ishonch baxtli oilaning asosiy muhim indikatorlari ekanligini ko‘rsatdi va respondentlar tomonidan qayd etilgan bu 3 parametrlarning umumiy yig‘indisi 53 foizni tashkil etdi. Bulardan tashqari, tadqiqotga jalb etilgan kishilar tomonidan oilaviy baxtning eng muhim atributlari sifatida sevgi-muhabbat (10,6 foiz), sadoqat-vafodorlik (10,1 foiz) va farzandli bo‘lish (10,1 foiz) ham ko‘proq ulushga ega bo‘ldi. 

Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda aksariyat oilalar o‘zlarini baxtli oila sifatida tasavvur qilishlarini namoyon etdi. Jumladan, bu borada 81,4 foiz respondentlar o‘zlarini to‘liq baxtli, 13,4 foiz oila vakillari esa ma’lum ma’noda baxtli ekanliklarini bildirdi. O‘zini baxtsiz deb hisoblovchi respondentlar bor-yo‘g‘i 2,5 foizni tashkil etdi. 

Tadqiqotda ishtirok etgan respondentlarning 35,6 foizi oilani, 17,2 foizi e’tiqodni, 16,4 foizi sog‘liqni, 13,7 foizi esa ruhiy xotirjamlikni asosiy qadriyat, deb hisoblashlari ma’lum bo‘ldi. Olingan natijalar bugungi kunda xotin-qizlarning jamiyatda faollashishlarini ijtimoiy zaruriyat ekanligini ko‘rsatdi. 

So‘rov natijalariga ko‘ra, 73,3 foiz respondentlar xotin-qizlarning ishlashini normal holat deb hisoblashadi. 19 foiz kishilar esa ayolning ishlash-ishlamasligini uning turmush o‘rtog‘i belgilab berishi lozimligini ta’kidlashgan. Shu bilan birga, 7,4 foiz ishtirokchilar ayolning uy-ro‘zg‘or ishlari, farzand tarbiyasi va keksalarga g‘amxo‘rlik qilishi, o‘zining an’anaviy vazifasini bajarishi kerak, degan fikrda.  Tadqiqot natijalari oilaviy ajrim ko‘pchilik oilasidan ajrashgan aksariyat oila vakillarida pushaymonlik hissini uyg‘otgan. 

Natijalar tahlili 43 foiz kishilar diniy e’tiqodni, 40,9 foiz respondentlar esa baxtli oila qurish va farzandlar kamolini ko‘rishni asosiy hayotiy maqsad deb hisoblashlarini ko‘rsatdi.  

Masalan, oilasidan ajralgan respondentlarning 51,2 foizi ajrim ular hayotlarini ijobiy tomonga emas, balki salbiy tomonga, ya’ni hayotlarini yanada murakablashtirganini tan oldi. Umuman olganda, qariyb 60 foizga yaqin ajralganlar ajrimdan u yoki bu tarzda afsusda ekanliklarini bildirdi. Shu bilan birga, 31,7 foiz ajrashgan oila vakillari uchun ajrim turli stress holatlarini va kasallaklarni keltirib chiqarganini bildirib o‘tgan. 

Shuningdek, aksariyat oila vakillarini ayni paytda bolalar ta’lim-tarbiyasiga yetarli vaqt ajrata olmaslik (29,6 foiz), uy-joy masalasi (20,8 foiz), ish topish (9,2 foiz), oila hayotiga uchinchi tomonning aralashuvi (13,7 foiz) singari muammolar ko‘proq tashvishga solmoqda. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida olingan tahliliy ma’lumotlar qadriyatlar tizimi borasida ham insonlar uchun oila eng muhim qadriyat sifatida qayd etilishini,  ijtimoiy tarmoqlarda er yoki xotinning oilaviy hayotdagi tutgan o‘rniga nisbatan noto‘g‘ri qarash va talqinlarning asossiz ekanligini yana bir bor isbotladi. 

Yuqoridagi natijalar asosida jamiyatimizda oila muqaddas institut sifatida o‘z o‘rnini saqlab qolgani va vazifalarini bajarib kelayotganini aytish mumkin. Mamlakat aholisining o‘zini qay darajada baxtli his qilishi va qadriyatlar tizimi esa bevosita oilaviy munosabatlar va uning muammolarda o‘z aksini topadi.  

Tadqiqot davomida aniqlangan ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik xarakterdagi muammolar va jamiyatda sodir bo‘layotgan ayrim o‘zgarishlar, jumladan, erkak va ayollarning sotsial rollari va vazifalari borasidagi fikrlar va shunga aloqador ayrim jihatlar oila, uning rivojlanishi va muammolarini ilmiy jihatdan doimiy ravishda tadqiq etishni ko‘rsatmoqda. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadqiqot natijalari: Respondentlarning 51,2 foizi ajrim ular hayotini yanada murakkablashtirganini tan oldi