Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining aralashuvi bilan tadbirkorning 48 million so‘m mablag‘i undirib berildi.

Amudaryo tumanidan tadbirkor S.B. mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Qo‘ng‘irot tumanidagi “X P P Engineering” kompaniyasining 11 nafar xodimi kelib, mehmonxona xizmatidan foydalangan. Ammo ko‘rsatilgan xizmat uchun berilishi kerak bo‘lgan 48 million so‘m mablag‘ni to‘lashmagan. Bundan norozi bo‘lgan tadbirkor amaliy yordam so‘rab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ishonch telefoniga murojaat qoldiradi.

Ushbu murojaat tegishliligi bo‘yicha Amudaryo tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining tegishli moddalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada murojaatchining 48 million so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorning 48 million so‘m mablag‘i undirib berildi