Tadbirkorlik sub’ektlariga amaliy ko‘mak berilmoqda
Buxoro viloyati soliq xizmati xodimlari tomonidan reyting mezonlari hamda yuqori toifaga erishish to‘g‘risida joylarda tadbirkorlik sub’ekti vakillariga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Buxoro shahrida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan “Viva Zarafshon” korxonasi ayni paytda reytingning yuqori toifasida faoliyat ko‘rsatmoqda.

– Korxonamiz o‘tgan oylarda reytingning o‘rta toifasida edi, – deydi jamiyat ish boshqaruvchisi Xurshida Tosheva. – Belgilangan mezonlar doirasida ish olib borganimizdan so‘ng, barqarorlik reytingining yuqori toifasiga chiqib oldik. Endilikda korxonamiz belgilangan imtiyoz va preferensiyalardan foydalana oladi va bu orqali biz qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratamiz.

Bu kabi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlardan ko‘zlangan maqsad o‘rta, qoniqarli va quyi toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga reytingdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash, qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratib, faoliyatini barqaror olib borishiga ko‘maklashishdir.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri