Tadbirkorlik subʼektlari murojaatlari tizimli örganilmoqda
Mamlakatimizda xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantiriş, işbilarmonlik muhitini yanada yaxşilaş hamda soha vakillarining qonuniy manfaatlarini himoya qiliş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan.
Bu borada davlat organlari va tadbirkorlar örtasidagi töğridan-töğri oçiq muloqotni taʼminlaş va yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etiş alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Şu nuqtai nazardan, Biznes-ombudsman devonining Toşkent şahar şöʼbasi tomonidan ham tadbirkorlik subʼektlari vakillari bilan muntazam ravişda oçiq muloqotlar ötkazib kelinmoqda.
Şunday oçiq muloqotlardan biri kuni keça Toşkent şahar Xalq qabulxonasida bölib ötdi. Unda iştirokçilar bilan tadbirkorlik faoliyatini yuritiş davomida yuzaga kelayotgan turli mazmundagi muammolar, sohani rivojlantirişga tösqinlik qilayotgan sunʼiy ğovlar va huquqiy masalalar atrofliça muhokama qilindi. Şuningdek, tadbir qatnaşuvçilarining poytaxtimizda işbilarmonlik muhitini yanada soddalaştiriş va takomillaştirişga qaratilgan takliflari tinglandi.

Muloqot davomida bildirilgan köplab murojaatlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan joyida huquqiy tuşuntiriş va maslahatlar berildi. Şu bilan birga, qöşimça tekşiruv va alohida örganişni talab etadigan masalalar böyiça tadbirkorlarning yozma murojaatlari qabul qilinib, ularning ijrosi Biznes-ombudsman devonining Toşkent şahar şöʼbasi tomonidan alohida nazoratga olindi.
ÖzA