Marg‘ilonlik aka-ukalar Muhammadsodiq, Ziyovutdin va Salohiddinlarni Farg‘onada hamma taniydi, havas qiladi. Ular otalari duosini olib, Farg‘ona tumani “Yangi asr” mavzesida (Ekokerama) “EKOKERAMA”¬– santexnika jihozlari ishlab chiqarish ulkan korxonasini qurib ishga tushirdilar.

Bu voqea 2020 yilda ro‘y berdi. 2021 yilda mahsulot turlari tanlab konveyerga qo‘yildi. Pok niyat, tinimsiz izlanish va intilish natijasida 2022 yilda 50 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bundan tashqari ilk bor 1,2 million dollarlik eksportni amalga oshirishdi. Endi “EKOKERAMA” MCHJ korxonasi jahon bozoridan munosib joy ola bildi. 2023 yildagi asosiy maqsad Yevropa bozoriga kirib borish.  

Biz korxonada bo‘lganimizda aka-uka Ziyovutdin va Salohiddinlar Farg‘onaga yo‘ldosh qurilayotgan Ekoshaharda ekanlar. 6 gektar maydonda uylarni isitish tizimi uchun metall qovurg‘a-radiatorlar ishlab chiqarish zavodi qurilishi bilan band ekan. Biz bilan suhbatda Muhammadsodiq Saidumarov tadbirkorlik va referendum haqida mulohazalarini bildirdi.  

–Oilamizdagi farzandlar chet elda oliy ta’lim olishgan. Masalan men o‘zim Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi universitetda biznes boshqaruvi va moliya yo‘nalishi bo‘yicha o‘qidim. Akalarim esa Xitoy universitetlarini tugatdilar. Chet eldagi tadbirkorlarning imkoniyatlarini ko‘rib biz uchalamiz ham o‘sha yerda qoldik va bir necha yillar davomida biznesimizni yuritdik. O‘shanda O‘zbekistondan biz yashagan va ishlagan mamlakatga tadbikorlar kelishar edi. Ular yirik sanoat korxonalarida bo‘lib texnologik jihozlar sotib olish haqida shartnomalar imzolaganlar. Lekin O‘zbekistonga qaytgach bu shartnomalarning aksariyatini amalga oshira olmadilar. Buning sababi o‘sha paytda O‘zbekistonda so‘mning xorijiy valyutaga almashtirish imkoni nihoyatda chegaralangani bilan bog‘liq edi. So‘nggi yillarda biz uchun hech kutilmagan holatda korvertatsiya ochildi. Bu esa O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga “yashil chiroq” yoqilgani deyish mumkin. Buni ko‘rgach biz, aka-ukalar maslahatlashib, O‘zbekistonga qaytdik va biznesimizni shu yerda tashkil etdik. Bu yerda “EKOKERAMA” MCHJ  korxonasiga asos soldik. bugungi kunda korxonamizda 380ta ishchi mehnat qilyapti. Ishlab chiqarilayotgan santexnika mahsulotlarning turi 27 ta yetdi.  

Keyingi paytlarda O‘zbekiston aholisining daromadi ko‘paydi. Natijada sifatli mahsulotlarga ehtiyoj oshdi. Shuni hisobga olib biz Yevropa standartlarini qo‘llashga o‘tdik. Masalan, Yevropada keng tarqalgan osma unitazlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. U xaridorgir mahsulotlarimizdan biridir.  

Bugun O‘zbekistonda tadbirkorlik har jihatdan qo‘llab-quvvatlanyapti va rivojlanyapti. Yangilanayotgan Konstitutsiyada esa tabdirkorlarning emin-erkin faoliyat yuritishi kafolatlangan va ularning manfaati himoyaga olingan.  

Biz, aka-ukalar 30 aprel kuni bo‘ladigan referendumda birinchilar qatorida saylov uchastkalariga borib, o‘zimiz, kelajagimiz uchun ovoz beramiz.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/md1C6o1mz2Y" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov,  

Elyor Olimov(video)  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlik rivoji kafolati uchun ovoz beraman (+video)