Tadbirkorlik qiladigan zamon keldi
FOTOREPORTAJ
Yangi O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji tobora jadallashmoqda. Ishbilarmonlik layoqatiga, salohiyatiga ega har bir shaxs bu yo‘nalishda yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan munosib foydalansa, salmoqli natijalarga erishishi muqarrar. Buni jarqo‘rg‘onlik tadbirkor Jamshid Ahmedov faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin.
[gallery-24201]
J. Ahmedov tashkil etgan “Parranda kompleks savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyatida hozirgi kunda 150 dan ziyod kishi bandligi ta’minlangan.
- Parrandachilik yo‘nalishidagi loyihamizni 2019 yili boshlaganmiz, - deydi tadbirkor. - Fabrikamizda 370 mingga yaqin parranda parvarish qilinyapti. Eng so‘nggi texnologiyalar asosida yiliga 100 million dona tuxum va 350 tonna parhez go‘sht mahsulotlarini ichki bozorga yetkazib beryapmiz. Kelgusida ishlab chiqarishni yanada oshirib, faoliyatimizni kengaytirish rejalarimiz bor.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA