Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yana-da keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.

2. 2020-yil 1-iyuldan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxati ilovaga muvofiq kengaytirilsin.

3. 2020-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:

oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni roʻyxatga olish xabar berish tartibida oʻzini oʻzi band qilgan sifatida roʻyxatdan oʻtganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod) bergan holda maxsus mobil ilova yoxud soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi hamda vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini berish tartibi bekor qilinadi;

oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida toʻlaydi hamda ushbu summa toʻliqligicha byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi;

oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda ish beruvchiga ega boʻla olmasligi toʻgʻrisidagi talab saqlanib qoladi.

4. Internet tarmogʻi orqali xizmatlar koʻrsatuvchi (ishlar bajaruvchi) oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga (frilansing) quyidagi huquqlar berilsin:

koʻrsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun chet eldagi jismoniy va yuridik shaxslar – norezidentlardan xorijiy valyutadagi toʻlovlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli maʼlumotlarni kiritmagan holda Oʻzbekiston Respublikasining banklaridagi hisobraqamlariga qabul qilish;

kontrakt tuzmasdan, kelishuv toʻgʻrisidagi ommaviy taklifni (oferta) qabul qilish yoki elektron yozishmalar almashish yoxud hisob-kitob fakturalarni (invoys), shu jumladan, elektron shaklda taqdim qilish yoʻli bilan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish).

5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 2020-yil 1-iyulga qadar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni masofadan turib roʻyxatga olish uchun quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi mobil ilovani ishlab chiqsin hamda joriy qilsin:

buyurtmalarni qabul qilish va koʻrsatilgan xizmatlar (tovarlar) uchun toʻlovlarni amalga oshirish;

yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatishda (tovarlarni sotishda) elektron hisob-kitob fakturalarni taqdim qilish;

mobil ilova yordamida ixtiyoriy asosda daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish hamda ushbu maʼlumotlardan keyinchalik, shu jumladan, kredit olish va (yoki) soliqlarni hisobdan chiqarish maqsadida foydalanish;

oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) reklama qilish;

koʻrsatilayotgan xizmatlar (tovarlar) sifatini baholash va isteʼmolchilar tomonidan fikr-mulohazalar qoldirish.

6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda yuridik shaxslar – tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qayta roʻyxatdan oʻtkazish katta miqdorlarda soliq qarzdorligi mavjud boʻlmagan taqdirda xabar berish tartibini qoʻllagan holda bekor qilinadi;

yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish ularni davlat tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilayotganda (qayta roʻyxatga olinayotganda) tadbirkorlik faoliyatini olib borish joyi boʻyicha amalga oshiriladi;

yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma unda yakka tartibdagi tadbirkorning fotosurati aks ettirilgan holda beriladi.

7. Belgilab qoʻyilsinki, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida uch nafar boʻlgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada toʻlaydilar.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi 2021-yilda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishni osonlashtirish, shu jumladan, quyidagilarga imkon yaratuvchi servislardan real vaqt rejimida foydalanishga yordam beradigan “Biznes navigator” axborot tizimini joriy qilsin:

tadbirkorlik faoliyatining tegishli hududdagi raqobatbardosh turini tanlash;

kredit olish uchun zarur boʻlgan biznes-reja loyihasi va hujjatlar toʻplamini shakllantirish;

tegishli tadbirkorlik faoliyati uchun taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisida maʼlumot olish;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun koʻchmas mulk obyektlarini tanlash.

9. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi “Biznes navigator” axborot tizimini yaratish boʻyicha buyurtmachi etib;

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari “Biznes navigator” axborot tizimini yaratish, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishlarning moliyalashtirish manbai etib belgilansin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2021-yilga moʻljallangan soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini tayyorlashda quyidagilarni nazarda tutsin:

oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan toʻlanadigan ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdorini oʻrnatish;

yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollanma ishchilariga yollanib ishlash asosida mehnat faoliyatini olib boruvchi shaxslar uchun oʻrnatilgan soliqqa tortish tartibini tatbiq qilish.

11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda amaliy ahamiyati keng yoritilishini taʼminlasin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi

          Prezidenti                      Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2020-yil 8-iyun

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатлар
21:36 / 08:06:2020