Tadbirkorlarning islohotlarga bo‘lgan ishonchi oshmoqda
Buxoroda har bir fuqaro va har bir tadbirkor soliq tizimidagi o‘zgarishlarni o‘z faoliyatida his qilayapti.
Buni viloyatda soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida ixtiyoriy bajarilish darajasi 2016 yilda 109 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda 112,8 foizga ko‘tarilganidan ham bilish mumkin.
2021 yilda foyda, suv va yer solig‘i to‘lovchilari soni 7 mingdan oshgan.
Buxoroda soliq yukining teng taqsimlanishi va pasayishi natijasida foyda, yer hamda mol-mulk solig‘i to‘lovchilari soni oxirgi 5 yilda 8 baravardan oshgan. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari 16 baravarga ko‘paygan.
2021 yilda soliq imtiyozlaridan foydalanish natijasida Buxoroda turli yo‘nalishlardagi 4 ming 500 dan ortiq tadbirkorlik subekti ixtiyorida 600 mlrd. so‘mdan ortiq qo‘shimcha mablag‘lar qoldirildi.
O‘tgan yilda buxorolik tadbirkorlar har oyda byudjetga 180,0 mlrd. so‘mdan ortiq soliq to‘ladi.
Buxoroda yig‘ilayotgan soliq miqdori o‘tgan yilga nisbatan 500,0 mlrd. so‘mdan oshgan bo‘lsa, jami soliqlar 2,4 trillion so‘mdan oshmoqda.
Oldingi yillarda viloyatda bunday natija kuzatilmagan. Bu natijalar tadbirkorlarning islohotlarga bo‘lgan ishonchi oshganidan dalolat.
Zarif Komilov, O‘zA