Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim
Ma’lumki, Biznes-ombudsmanga tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni monitoring qilish va ularning qonuniyligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Yangi tashkil etilgan Situatsion markaz mazkur yo‘nalishdagi ishlarni raqamlashtirish va tezkor nazorat qilishda markaziy bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi.
Markazning asosiy vazifalari xususida Biznes-ombudsman axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova quyidagilarni ma’lum qildi.

–Yo‘lga qo‘yilgan Situatsion markaz vazifalari shundan iboratki, respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan barcha tekshiruvlarni "Yagona davlat nazorati" axborot tizimi orqali real vaqt rejimida kuzatib borish. Asossiz tekshiruvlar boshlanganda tizimdagi "qizil chiroq" signali orqali zudlik bilan munosabat bildirish.
Takroriy tekshiruvlar o‘tkazilayotgan sohalar va hududlarni tahlil qilib, tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Bugungi kunda ushbu markaz tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olishda zamonaviy va tezkor mexanizm vazifasini bajarmoqda.
Tizimdagi «qizil chiroq» signali orqali har bir asossiz tekshiruv aniqlanib, zudlik bilan nazoratga olinadi. Takroriy tekshiruvlar kuzatilayotgan sohalar va hududlar tahlil qilinib, tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha ma’lumotlar zudlik bilan hududiy mas’ullarga yuboriladi va ularning ijrosi qat’iy nazorat qilinadi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA