Bu haqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ta’kidlandi.
Ochiq muloqotlarni o‘tkazish boshlanganida asosiy murojaatlar soliq stavkalarini tushirish bilan bog‘liq bo‘lardi.
Sohada katta o‘zgarishlar qilindi. Buni aholi va tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasi ham tasdiqlayapti: ularning 79 foizi so‘nggi besh yilda biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sharoit ancha yaxshilanganini aytgan.
Lekin tadbirkorlardan soliq ma’murchiligi bo‘yicha o‘rinli savollar tushmoqda.
Amaldagi tartibga ko‘ra, yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan oshgan korxonalar foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lagani uchun aylanma mablag‘dan qiyinchilik yuzaga kelmoqda.
Shu bois, endi ushbu tartib faqatgina yiliga 50 milliard so‘mdan yuqori aylanma qiladigan korxonalar uchun amal qilishi e’lon qilindi.
Natijada 19 mingga yaqin tadbirkor ixtiyorida qo‘shimcha 2 trillion so‘mlik aylanma mablag‘ qoladi.
O‘zA