Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.

“Daladan-dasturxongacha” tamoyili asosida sanitariya, veterinariya va karantin organlarining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha nazorat-laboratoriya funksiyalari yagona tizimga birlashtirilib, to‘liq raqamlashadi.

Endilikda tadbirkorlar idorama-idora sarson bo‘lmasdan, barcha hujjatlarni “yagona darcha” prinsipi asosida bir joydan oladigan bo‘ladi.

Bu ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish va mahalliy korxonalarning jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini oshiradi.

Prezident tadbirkorlarimizda davlat xaridlari va birja savdolarida ishtirok etish bo‘yicha ham ko‘plab savollar to‘planib qolganini ta’kidlab, yaqin orada bu masalaga puxta tayyorgarlik ko‘rilib, barcha muammolarga yechimlar berilishini qayd etdi.

Davlat organlari va tabiiy monopoliya sub’ektlari bilan shartnoma tuzishda tadbirkorlar huquqlarini teng himoya qilishning yangi mexanizmi joriy etiladi.

Bunda, barcha namunaviy shartnomalar loyihalari Biznes-ombudsman, Adliya vazirligi va Raqobat qo‘mitasi tomonidan majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlarda davlat xaridlari va birja savdolarida ishtirok etish bo‘yicha ko‘plab savollar to‘planib qolgani aytildi