Tadbirkorlar uchun soliq islohotlari va yangi imkoniyatlar tushuntirildi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida Soliq qo‘mitasi vakillari hamda viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati ishtirokida kichik va o‘rta biznes sub’ektlari uchun seminar tashkil etildi.
Tadbirda soliq sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qo‘shimcha imkoniyat va yengilliklar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Xususan, joriy yil 1-iyundan boshlab umumbelgilangan soliq rejimiga o‘tish chegarasi 1 milliard so‘mdan qariyb 5 milliard so‘mgacha oshirilishi tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
[gallery-29961]
Shuningdek, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) hisoblashning soddalashtirilgan tartibi joriy etilayotgani mazkur yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun muhim yangilik sifatida qayd etildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldi.
Seminar tadbirkorlarning huquqiy va iqtisodiy bilimini oshirish, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga xizmat qildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA