Tadbirkorlar murojaati ijobiy hal etilmoqda
Fotoreportaj
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Davlatobod tumanidagi “Yuksalish” kichik sanoat zonasida tadbirkorlar va chet el investorlar bilan uchrashdi.
Tadbirda 100 nafarga yaqin tadbirkor, shahar va tumanlar hokim o‘rinbosarlari, mutasaddi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari qatnashdi.
[gallery-7927]
Tadbirkorlar viloyat rahbariga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit ajratish, ijara masalalari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurish bo‘yicha murojaat etdilar. Ushbu murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish uchun mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA