Tadbirkorlar muammolari muhokama qilindi
Toshkent shahrida Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ayrim mahsulotlarga qo‘llanilayotgan aksiz solig‘i bilan bog‘liq masalalar, import qilish jarayonlaridagi byurokratik to‘siqlar, shaharsozlik rejalari bilan bog‘liq muammolar va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.



Muhokamalar davomida tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan berilgan takliflar asosida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejasi tasdiqlandi.
Gulnoza Bobova,
O‘zA