Urganchda “Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Demokratiya va inson huquqlari instituti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi tomonidan tashkil etilgan seminarda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar, fermerlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bunda davlatimiz rahbarining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Xorazm viloyatida 11500 dan ortiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatmoqda. Viloyatda ishlab chiqarilayotgan yalpi hududiy mahsulotning 73,9, ish bilan band aholining 75 foizi ular hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Seminarda “O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimining huquqiy asoslari”, “Adliya organlarining tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha faoliyati”, “Tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalari” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar manfaati qonun himoyasida