Xususan, mazkur huquqiy hujjatlar bilan soliq toʻlovchilarga bir qator imtiyozlar joriy etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat korxonalarining barqaror ishlashini taʼminlash, kichik va oʻrta biznes vakillariga keng imtiyozlar yaratishga oid bir qator farmon va qarorlari imzolandi.

Avvalo, pandemiya davrida soliq toʻlovchilarning davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan soliq majburiyatlarini bajarishi uchun masofadan xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.

Karantin davrida oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi qatʼiy belgilangan summasini va ijtimoiy soliqni hisoblash toʻxtatildi. Bunda faoliyatni toʻxtatganlik toʻgʻrisida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali davlat soliq xizmati organlari xabardor qilinadi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnomani topshirish talab etilmaydi. Bunday qulaylik orqali birgina Navoiy viloyatidagi 3 ming 253 nafar yakka tartibdagi tadbirkorning soliqlari toʻxtatildi.

Joriy yil 1-apreldan 1-oktyabrgacha boʻlgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq bazaviy hisoblash miqdori 50 foizga qadar (111,5 ming soʻmgacha) kamaytirildi. Buning natijasida 4 ming 956 nafar yakka tartibdagi tadbirkor ixtiyorida qariyb 3 milliard soʻm mablagʻ qolmoqda.

Mirishkor va dehqonlarning qishloq xoʻjaligidagi yerlarni sugʻorish uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020-yilda oʻrnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytirilgani ular uchun muhim yangilik boʻldi. Yana bir asosiy imtiyoz bu 2019-yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020-yil 1-avgustga qadar uzaytirilganidir. Buning natijasida 1 ming 638 nafar jismoniy shaxsning 1 milliard 11 million soʻmlik soliqlari kechiktirildi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlash muddati ham avvalgi tartibdan farqli 2020-yil 15-oktyabrga qadar uzaytirildi. Jismoniy shaxslar uchun yana bir muhim jihat. Ular oʻz turar joylarini jismoniy shaxslarga va koronavirus pandemiyasi davrida faoliyati toʻxtagan tadbirkorlik subyektlariga noturar joylarni ijaraga berganda ulardan ijara ortidan olinadigan daromadlari boʻyicha soliqni foizsiz kechiktirib toʻlash huquqi berildi. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash boʻyicha berilgan kechiktirish summasi 2021-yil 1-aprelga qadar muddatgacha teng ulushlarda toʻlanishi nazarda tutildi. Bugungi kunga qadar viloyatimizda mazkur imtiyozdan foydalangan 311 ta jismoniy shaxsning 120,8 million soʻmlik soliqlari kechiktirildi.

2020-yil 1-oktyabrgacha boʻlgan davrda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qoʻllash toʻxtatildi. Buning samarasida 65 ta xoʻjalik yurituvchi subyektning 12 milliard 434,5 million soʻmlik jarimalari kechiktirildi.

Soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha penyalar hisoblanishini toʻxtatib turishi, shuningdek, soliq qarzini majburiy undirish choralarini koʻrmasligi Prezidentimizning tegishli farmoni bilan qatʼiy belgilandi. Muhimi, 2021-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini soliq auditidan oʻtkazish toʻxtatildi.

Hozirgi sinovli davrda turizm sohasida biroz qiyinchiliklar kuzatilayotgani bois, joriy yil 1-apreldan 1-iyulgacha turistik yoki mehmonxona yigʻimini hisoblash va toʻlash toʻxtatildi. Shuningdek, 1-apreldan 31-dekabrga qadar turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona yoki joylashtirish xizmatlari koʻrsatuvchi subyektlar yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilindi. Natijada viloyatda 77 tadbirkorlik subyektining 1 milliard 488 million soʻmlik soliqlari kechiktirildi. Ushbu yoʻnalishdagi tadbirkorlik subyektlariga oʻz ishchi-xodimlarini ragʻbatlantirish, ish oʻrinlarini saqlab qolishi uchun imkoniyat yaratilib, ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida toʻlash imtiyozi berildi. Turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari uchun 2020-yil 1-iyundan 31-dekabrga qadar foyda soligʻi stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytirilishi bilan 20 ta tadbirkorlik subyekti ixtiyorida 253,3 million soʻmlik qoʻshimcha mabalagʻ qoldi.

Bugungi kundagi vaziyat inobatga olinib, 2020-yil 1-oktyabrgacha dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa mahsulotlarni ulgurji sotishga ruxsat berildi.

Xodimlarni ragʻbatlantirish, oilaviy byudjetini yaxshilash maqsadida 2020-yilda xodimga toʻlanadigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmaydigan moddiy yordam summasi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravaridan 7,5 baravarigacha oshirildi.

Oʻz faoliyatini toʻxtatgan va tovarlar yoki xizmatlar realizatsiyasidan tushumi joriy yilning birinchi choragidagi oʻrtacha oylik miqdoriga nisbatan 50 foizdan koʻproqqa kamaygan mikrofirma, kichik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini xabardor qilgan holda 2020-yil 31-dekabrga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda ijtimoiy soliqlarni foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi taqdim etildi. Eng muhimi, 2020-yil aprel va may oylari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan foizsiz kechiktirish berilgan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi summalari hisobdan chiqarildi. Natijada 55 nafar soliq toʻlovchining 411,3 million soʻmlik soliqlari hisobdan chiqarildi.

Kichik tadbirkorlik subyektlari, bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish, jamoat transporti korxonalari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, shuningdek, yoʻlovchi tashish, maishiy xizmatlar koʻrsatish, binolarni, shu jumladan, banketlar oʻtkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar 2020-yilning 1-iyunidan 1-sentyabrigacha boʻlgan davrda mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan ozod qilindi. Buning natijasida, 3 ming 135 nafar soliq toʻlovchiga 4 milliard 818,6 million soʻmlik soliq imtiyozi berildi.

Kichik tadbirkorlik subyektlarining 2020-yil 15-may holatiga yer va mol-mulk soligʻi boʻyicha 2020-yil 1-yanvardan boshlab hosil boʻlgan penya va jarimalarining hisobdan chiqarilishi natijasida 1 ming 672 nafar soliq toʻlovchining 29,6 million soʻmlik penya va jarimalaridan kechildi.

2020-yilning 1-mayidan 1-iyuligacha boʻlgan davrda mikrofirma va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytirildi (aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamgʻarmasida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yuridik shaxslardan tashqari). Buning samarasida 12 ming 741 nafar soliq toʻlovchiga 6 milliard 552,7 million soʻmlik imtiyoz berildi.

Mikrofirma va kichik korxonalarda 2020-yil 15-may holatiga soliqlar, penyalar, jarimalar boʻyicha mavjud qarzdorlikni undirish 2020-yil 1-sentyabrgacha toʻxtatildi. Davlat soliq xizmati organlari 2020-yil 15-may holatiga mikrofirma va kichik korxonalarning bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va oʻtkazish boʻyicha inkasso topshiriqnomalari chaqirib olindi. Natijada 8 ming 717 nafar tadbirkorlik subyektining 19 milliard 793,7 million soʻmlik inkasso topshiriqnomalari qaytarib olindi.

Gʻiyos BOʻRONOV,
Navoiy viloyat Davlat soliq 
boshqarmasi boʻlim boshligʻi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar imtiyozlardan keng foydalanmoqda