Ma’lumki, o‘tgan yildan O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlari reytingi joriy qilindi. Yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag‘batlantirilishi aytilgan edi. Bu reyting ularni soliq intizomi va moliyaviy barqarorligiga qarab baholaydi.

Reyting doirasida tadbirkorlar “AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi, “BBB”, “BB” va “B” toifalar – o‘rta barqarorlik reytingi, “CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi, “D” toifa – quyi barqarorlik reytingi kabi toifalarga ajratildi.

Xo‘sh, O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlari reytingi joriy qilindi. Bu tadbirkorlarga qanday qulayliklar berdi?

Tadbirkorlik sub’ektlari reytingi tadbirkorlarga bir qancha imtiyoz va yengillik berdi. Misol uchun, “AAA” reytingiga ega tadbirkorlar Soliq tekshiruvlaridan ozod etiladi (faqat jinoiy ishlar bilan bog‘liq holatlardan tashqari). QQS (NDS) qaytarish bir kun ichida va tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.  Davlat va tijorat banklari bilan ishlashda ishonch darajasi yuqori bo‘ladi, kredit olish imkoniyati kengayadi. Turli davlat organlari va tuzilmalari bilan munosabatda avtomatik imtiyozlarga ega bo‘ladi.

Shuningdek, “AA” va “A” reytingida soliq tekshiruvlari kamaytiriladi, nazorat elektron tarzda amalga oshiriladi. QQS qaytarish tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi (bir necha kun ichida). “B” va “C” toifalari, reytingi past tadbirkorlarda soliq organlari nazorati yuqoriroq bo‘ladi. Tekshiruvlar davriyligi ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Ushbu tizim tadbirkorlar soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lashi, hisob-kitoblarda shaffoflik, davlat organlari bilan ochiq va ishonchli munosabatda bo‘lishni rag‘batlantiradi.

“AAA” toifasi tadbirkorga eng katta erkinlik va imtiyozlar beradi. Reyting past bo‘lsa, tekshiruvlar va nazorat ko‘proq bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, asosiy kategoriyalar, “AAA” – eng ishonchli va intizomli soliq to‘lovchi, “AA”, “A” – yaxshi holatdagi soliq to‘lovchilar, “BBB”, “BB”, “B” – o‘rta darajada, “C” va pastroq – soliq intizomi muammoli kategoriyalardan iborat.

Reytingda yuqori ballga ega bo‘lish uchun 23 ta mezon belgilangan va ular 3 ga bo‘lingan. Birinchisi – hamma uchun bir xil bo‘lgan mezonlar. Bunda 10 ta mezon ko‘zda tutilgan, shuning o‘zida tadbirkor 100 ball oladigan bo‘lsa, boshqa mezonlar unga ta’sir qilmaydi. 

Keyingi mezonlar kamaytiruvchi mezonlar hisoblanadi. Qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritib taqdim etgan holatlar, bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yil davomida ko‘payib ketsa, kamaytiruvchi mezonlar ishlaydi. 

 Eng yuqori ball 100 balli tizimda ishlaydi. Tadbirkor “A” kategoriyaga tushadigan bo‘lsa, “AAA” reytingdagilar 96 dan 100 ballga, “AA” kategoriya 91 dan 96 gacha, “A” kategoriya esa 86 dan 91 gacha yig‘ishi kerak.

Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, barqarorlik reytingida jami 552 ming 891 ta sub’ekt faoliyati onlayn rejimda baholab boriladi. 

Bugungi kunda “AAA” toifadagi eng yuqori reytingli tadbirkorlar soni 2 ming 367 ta, “AA” toifadagilari 4 ming 723 ta, “A” toifadagilar 6 ming 387 ta, “BBB” toifadagilar 20 ming 996 ta, “BB” toifadagilar 34  ming 711 ta, “B” toifadagilar 47 ming 111 ta, “CCC” toifadagilar 29 ming 561 ta, “CC” toifadagilar 118 ming 858 ta, “C” toifadagilar 96 ming 490 tani tashkil etmoqda. Eng quyi “D” toifadagilar soni esa 191 ming 687 tani tashkil etadi.

E’tiborlisi, bu tizim jamoatchilikka ochiq. Barcha tadbirkorlar o‘z ballari va kategoriyasini Soliq qo‘mitasi rasmiy saytidagi shaxsiy kabineti, Soliq mobil ilovasi yoki Savdo-sanoat palatasi sayti orqali ko‘rishi mumkin.

Soliq qo‘mitasi barqarorlik reyting ballari va mezonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetda joylanadi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini aniqlash va rag‘batlantirishni nazarda tutadi.

Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, joriy yilning sakkiz oyligida «AAA» toifadagi 1 ming 151 ta tadbirkorlik sub’ektiga 1,8 trillion so‘m QQS avtomatik ravishda bir kunda qoplab berildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, o‘tgan yilda “AAA” toifadagi 1 ming 99 ta tadbirkorlik sub’ektiga 1 trillion 932,8 milliard so‘m QQS hech qanday tekshiruvlarsiz, bir kunda avtomatik ravishda qaytarib berilgan.

Endi tadbirkorlar faoliyatiga soliqchilar emas, elektron tizim baho beradi. Kelgusida subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar reytingdan kelib chiqib beriladi. Ko‘rsatkichi past bo‘lganlar intizomli tadbirkorlar safiga kirish va ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lish uchun harakat qiladi. Boshqa tomondan, reyting «tadbirkorlarga o‘z hamkorlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumot beruvchi, shubhali shartnomalar va insofsiz raqobat xavfidan ogohlantiruvchi himoya tizimiga» aylanishi kerak. Bu orqali yashirin iqtisodiyotni qisqartirish reja qilingan.

Shahnoza Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar faoliyatiga soliqchilar emas, elektron tizim baho beradi