Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan qonunlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev O‘zA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi.

Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 53-moddasidan.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda xususiy mulk, mulkdor manfaati va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mustahkam qonunchilik asoslari yaratilgani muhim ahamiyat kasb etayotir.

Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan qonunlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev O‘zA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi:

– Mamlakatimizning bugungi jadal ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan mashhur besh asosiy tamoyildan biri – qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasidir. Konstitutsiyamizda xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekani qat’iy belgilab qo‘yilgan. Xususiy mulk, kichik biznes egalari, bir so‘z bilan aytganda, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan bir qator qonun va qonunosti hujjatlari bilan ularning faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Adliya boshqarmasi tomonidan viloyatda davlat ro‘yxatidan o‘tgan 29 mingdan ziyod tadbirkorlik subyektining huquqiy himoyasi bo‘yicha tegishli qonunlar ijrosi doimiy nazoratga olingan. Tadbirkorlik subyektlarini nazorat qiluvchi organlar tomonidan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi Namangan viloyati komissiyasi tasdiqlagan rejaga muvofiq o‘tkazilgan tekshirishlar to‘g‘risida ma’lumotlarni nazorat qiluvchi organlar va hududlar kesimida tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tahlil natijalari umumiy holatga aniqlik kiritib, kelgusida ahamiyat berilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilashda muhim ahamiyatga ega. Joriy yilning birinchi yarmida shunday tahlillar natijasiga ko‘ra, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi viloyat, shuningdek, Kosonsoy, Namangan, Norin va Uychi tumanlari hududiy komissiyalariga tekshirishlar soni ko‘paygani holatlari bo‘yicha taqdimnomalar kiritildi.

Tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoya qilishda “Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi”ning monitoringi yaxshi samara bermoqda. Yilning o‘tgan to‘qqiz oyida 800 dan ortiq tadbirkorlik subyektida mazkur kitobning yuritilishi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring 46 marotoba noqonuniy tekshirish o‘tkazilganini ko‘rsatdi. Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan choralar ko‘rildi. Tadbirkorlik subyektlaridan tushgan ariza va shikoyatlar belgilangan muddatlarda o‘rganilib, ularda ko‘rsatilgan muammolarning ijobiy hal etilayotgani ishbilarmonlarning qonun ustuvorligiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirmoqda. Yil boshidan buyon boshqarmaga kelib tushgan ariza va shikoyatning 45 tasi qanoatlantirilib, 53 murojaat egasiga huquqiy tushuntirish berildi. Bundan tashqari, tadbirkorlar o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishda “Ishonch telefoni” xizmatidan samarali foydalanmoqda. “Ishonch telefoni” orqali qabul qilingan 20 murojaatning 15 tasi ijobiy hal etilgani fikrimiz tasdig‘idir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilishga qaratilgan farmon va qarorlari hamda Bosh prokuratura, Oliy xo‘jalik sudi, Soliq qo‘mitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dastur asosida olib borilgan o‘rganishlar jarayonida tekshirishlarning belgilangan tartibiga rioya qilmaslik, noqonuniy tekshirish, noqonuniy ma’muriy javobgarlikka tortish kabi ikki yuzdan ziyod qonun buzilish holatlari aniqlanib, aybdorlarga nisbatan choralar ko‘rildi.

Hisobot davrida tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 120 dan ziyod taqdimnoma va ogohnoma kiritilib, 80 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, noqonuniy ravishda qabul qilingan 40 dan ortiq qarorlar bekor qilindi. Sudlarga 20 million so‘mlikka yaqin 36 da’vo arizasi kiritildi.

Tadbirkorlik faoliyati subyektini ro‘yxatdan o‘tkazish, muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berishni noqonuniy rad etish yoki uni berishdan bo‘yin tovlash, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishning belgilangan tartibini buzish, tadbirkorlik faoliyati subyektining huquq va qonuniy manfaatlari, mustaqilligini cheklash, faoliyatiga noqonuniy aralashish va uning arizasini ko‘rib chiqish tartibini buzish holatlari bo‘yicha o‘ndan ziyod mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar tegishli idoralarga yuborildi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, erkin faoliyatning huquqiy asoslari, tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imtiyoz va kafolatlar bo‘yicha ilmiy anjumanlar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar izchil yo‘lga qo‘yilgan. Boshqarmaning tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan shu yilning to‘qqiz oyida viloyat televideniyesi va radiosi orqali o‘ndan ortiq ko‘rsatuv va eshittirishlar berildi, davriy nashrlarda muntazam maqolalar chop etilmoqda.

Korxona va tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) hamda “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunlari, Prezidentimizning soha rivojiga doir farmon va qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan davra suhbatlari, seminar va uchrashuvlar tadbirkorlarning huquqiy himoyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida to‘xtalib, bu sohaga to‘liq erkinlik berish, tadbirkorlar va xususiy mulk egalarini himoya qilishni yanada kuchaytirishni ustuvor vazifa qilib qo‘ydi. Bu vazifalar davlatimiz rahbarining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida to‘liq o‘z aksini topdi. O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuniga binoan tadbirkorlik subyektlari faoliyatining deyarli barcha jihatlariga daxl qiladigan qirqdan ortiq qonun hujjatiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjatlar qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi chora-tadbirlar samaradorligini yanada yuksaltirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar faoliyati qonun himoyasida