Tadbirkorlar bilan oçiq muloqot
Xorazm viloyatida taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari bilan bojxona sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qiliş, tadbirkorlarning muammo va takliflarini örganiş maqsadida sayyor uçraşuv taşkil etildi.
Tadbirda Xorazm viloyat bojxona boşqarmasi boşliği örinbosari N.Nazarboyev hamda boşqarmaning masʼul xodimlari iştirok etdi.

Uçraşuv davomida tadbirkorlarga bojxona sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, qonunçilikka kiritilgan yangiliklar, bojxona tartib-taomillari va tovarlarni rasmiylaştiriş jarayonlariga oid maʼlumotlar yetkazildi.

Muloqot jarayonida taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilarini qiynayotgan masalalar atrofliça muhokama qilinib, ularning savol va takliflari tinglandi. Tadbirkorlarning bojxona rasmiylaştiruvi bilan boğliq murojaatlari yuzasidan tegişli tuşuntirişlar, ularni hal etiş böyiça masʼul xodimlarga zarur körsatmalar berildi.

Tadbir yakunida namunali faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼektlariga vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilganlik töğrisidagi guvohnomalar topşirildi.
Natijada Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan vakolatli iqtisodiy operatorlar soni 4 tadan 7 taga yetdi.

Maʼlumot örnida: vakolatli iqtisodiy operator maqomi taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari uçun bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş, tovarlarni rasmiylaştiriş jarayonlarini tezlaştiriş hamda xalqaro savdo operatsiyalarida qöşimça qulayliklardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri