Buxoro viloyati soliq boshqarmasi tomonidan viloyatda kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirish, bu borada ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ochiq muloqotlar davom etmoqda. Shunday uchrashuvlarning navbatdagisi G‘ijduvon tumanida tashkil etildi.
Uchrashuvda viloyat soliq boshqarmasi mas’ullari hamda tuman mutasaddilari ishtirok etib, kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirish, bu borada ushbu tarmoq vakillariga berilgan yengilliklar hamda soliq imtiyozlari, soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotni oldini olish, norasmiy tadbirkorlik faoliyatiga barham berish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, tadbirkorlarga mavjud imtiyozlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.


Ochiq muloqotda tadbirkorlar tomonidan soliq hisobotlarini topshirish, soliq imtiyozlaridan foydalanish, tovarlarni raqamli markirovka qilish hamda QQS bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni qaytarishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan beshta murojaat ham ko‘rib chiqildi.


Tadbir yakunida soliq ma’murchiligiga amal qilib ilg‘or natijalarga erishib kelayotgan bir guruh soliq to‘lovchilarga minnatdorlik bildirilib esdalik sovg‘alari topshirildi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri