Bugungi kunda Biznes ombudsman ko‘magi bilan ko‘plab tabirkorlar muammolardan xalos bo‘lmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi “MGS” (nomi o‘zgartirilgan) MCHJ o‘ziga nisbatan jarima qo‘llash to‘g‘risida sudga murojaat qilinganidan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi. Aniqlanishicha, tadbirkor 2024 yil 19 aprelda realizatsiya qiladigan mahsulotining muvofiqlik sertifikatini olgan.  

Shunga qaramay, oradan 3 kun o‘tgach Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tadbirkorlik sub’ektida tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqargan va tegishli muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan davrda mahsulot realizatsiya qilinganini inobatga olgan holda, tadbirkorga umumiy summaning 50 foizi – 611 million so‘m miqdorda moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritgan.  

“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasiga ko‘ra, belgilangan tartibda ogohlantirish olganidan keyin texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarlikni davom ettirganlik yoki bartaraf etmaganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi deyilgan.  

Biroq tadbirkorga belgilangan tartibda qonun buzilishini bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish yetib kelmagan.  

Bundan tashqari, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 40-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlari nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar natijalari bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararning o‘rnini belgilangan muddatlarda va to‘la hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan, penya to‘lagan taqdirda ularga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi.    

Ya’ni, mazkur holatda tadbirkor realizatsiya qiladigan mahsuloti uchun muvofiqlik sertifikati olishga oid ko‘rsatmani bajarib, sertifikatni olgan.  

Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan tadbirkorning huquqlari sudda himoya qilinishi natijasida sud inspeksiyaning arizasini rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qildi va tadbirkorga jarima qo‘llanilmaydigan bo‘ldi.  

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorga nisbatan qo‘llanilgan 611 million so‘m moliyaviy jarima bekor qilindi