Tadbirkor zamonaviy taʼlim muassasalari taşkil etmoqda
Karmanalik tadbirkor, xalq deputatlari Karmana tuman Kengaşi deputati Yusuf Murodov taşabbusi bilan “Köhna qörğon” mahalla fuqarolar yiğini hududida davlat-xususiy şeriklik asosida zamonaviy taʼlim muassasalarini taşkil etiş loyihasi amalga oşirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida 220 örinli zamonaviy umumtaʼlim maktabi hamda 180 örinli maktabgaça taʼlim taşkiloti barpo etilmoqda.
Umumiy qiymati 14,2 milliard sömni taşkil etuvçi loyiha “Şafoat” xususiy korxonasi tomonidan amalga oşirilmoqda.

Loyihaga köra, 180 örinli maktabgaça taʼlim taşkilotida zamonaviy oşxona, bolalar öyingohi va yopiq basseyn taşkil etiladi. Tarbiyalanuvçilarga rus, ingliz va xitoy tillarini örgatiş yölga qöyiladi. Şuningdek, 20 nafar boquvçisini yöqotgan oila farzandlari bepul taʼlim-tarbiya bilan qamrab olinişi hamda mahalladagi 45 nafar fuqaro doimiy iş örniga ega bölişi közda tutilgan.

220 örinli zamonaviy maktabda esa 100 örinli yotoqxona va zamonaviy oşxona barpo etiladi. Taʼlim jarayoniga Finlandiyaning ilğor pedagogik tajribalari joriy etilib, öquvçilarga xorijiy tillar, dasturlaş, robototexnika kabi zamonaviy IT yönalişlari çuqurlaştirilgan holda örgatiladi. Maktabda 70 nafarga yaqin oliy maʼlumotli pedagogni iş bilan taʼminlaş, 20 nafar boquvçisini yöqotgan oila farzandiga bepul taʼlim beriş hamda öquvçilarni nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalariga tayyorlaş tizimini yölga qöyiş rejalaştirilgan.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri