Shahrixon tumani yildan-yilga yuksalib borayotgan Andijonning eng obod go‘shalaridan biri hisoblanadi.

Ayni paytda 300 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilayotgan tumanda ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.  

Shahrixon azal-azaldan hunarmandlar, tadbirkorlar yurti, deb e’tirof etiladi. Haqiqatdan ham Shahrixonda tadbirkorlik keng quloch yoygan,    ayniqsa, hunarmandlik yo‘nalishida o‘ziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Bu albatta, tuman iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, har bir fuqaroning o‘z daromad manbaiga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.  

Keyingi yillarda butun yurtimizda bo‘lgani kabi Shahrixonda ham tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznes sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Natijada yangi-yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushayotir. Ayniqsa, oilaviy tadbirkorlik, tomorqadan unumli foydalanish borasida yuqori natijalarga erishilmoqda.  

– Ayni paytda tumanda 2 ming 149 ta kichik biznes sub’ektlari faoliyat yuritmoqda, – deydi tuman hokimi o‘rinbosari To‘lqinjon Ergashev. – Ulardan 669 tasi sanoat, 792 tasi savdo va xizmat ko‘rsatish, 233 tasi qishloq, o‘rmon va baliqchilik, 229 tasi qurilish yo‘nalishlarida ish olib boradi. Tuman iqtisodiyotining ana shu yo‘nalishlarida aynan kichik va xususiy biznes sub’ektlari, tadbirkorlarning ulushi salmoqli o‘rin tutadi.  

Tumanda qulay biznes muhitini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar samarasi o‘laroq, birgina joriy yilning o‘tgan davrida 571 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi, ularning hisobiga 1 ming 543 ta  yangi ish o‘rni yaratildi.  

bugungi kunda tumanda juda ko‘p korxonalar samarali faoliyat olib bormoqda. Ulardan biri Bo‘ston mahallasida joylashgan “Qobulov Business Futurc” mas’uliyati cheklangan jamiyatidir. Yosh tadbirkor Abdulhamid Tohirov rahbarlik qilayotgan mazkur jamiyat joriy yilning mart oyida tashkil etilgan. Hozirda korxonada ayollar, bolalar va erkaklar uchun 20 dan ortiq turdagi sifatli va bejirim trikotaj, shuningdek, qurilish mahsulotlari tayyorlanadi.  

– Hozircha mahsulotlarimiz ichki bozorda sotilmoqda, – deydi korxona rahbari A. Tohirov. – Lekin asosiy maqsadimiz, kelgusida mahsulotlarimizni eksport qilish. Ayni paytda bu bo‘yicha xorijlik hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.  

Korxonada hozirda 100 nafar ishchi-xizmatchi, asosan, mahallaning qiz-ayollari mehnat qilmoqda. Ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.  

– Korxona tashkil etilgan kundan buyon shu yerda ishlayman, – deydi bichuvchi Kamolaxon Nuraliyeva. – Korxonamizda ayollar uchun dam olish xonasi, bepul tushlik tashkil etilgan. Bundan tashqari, ishchilarimizni ishga kelib-ketishlari uchun transport ham yo‘lga qo‘yilgan. Oylik ish haqlarimiz o‘z vaqtida beriladi.  

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, tumanda tikuvchi va to‘quvchi mutaxassislarga ehtiyoj katta. Chunki bir smenada 300 nafar ishchi ishlashi mumkin bo‘lgan mazkur korxonada 100 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Tumandagi boshqa turdosh korxonalarda ham shu kabi muammoni uchratish mumkin.  

Ana shundan kelib chiqib, tuman hokimligi tomonidan kasb-hunari bo‘lmagan aholi, uyushmagan yoshlarni turli yo‘nalishlardagi kasblarga o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Shahrixon kasb-hunar markazida 12 ta mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha kasbga o‘rgatish kurslari tashkil etilib, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga tegishli tartibda sertifikatlar berilmoqda.  

[gallery-1950]

Vahm mahallasidagi “Invest hamkor biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, tadbirkor Alijon Anvarjonov 1 gektar maydonda gidroponika usulida issiqxona tashkil etgan. Mazkur issiqxonada xorij texnologiyasi asosida “fontina” navli bodring yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.  

– Bodring nihollarini parvarishlash, sug‘orish, ko‘chatlarni turli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari to‘la kompyuter yordamida bajariladi, – deydi issiqxona ish yurituvchisi Anvarjon Sarimsoqov. – Bu sifatli va mo‘l hosil olish, ish unumdorligining yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Eng asosiysi, issiqxonada yetishtirilayotgan bodring yilning barcha faslida ham bozorlar to‘kinligini ta’minlab, xalqimiz dasturxonini bezab turadi.

Buning ortidan kelayotgan daromad ham yomon emas. Olinayotgan daromad hisobiga tadbirkor issiqxonani kengaytirish harakatida. Qolaversa, issiqxonada mehnat qilayotgan 10 dan ortiq kishi ham shu ish ortidan yaxshigina ish xaqi olib, oilalari farovonligini ta’minlamoqda.  

Ma’lumki, Shahrixonda hunarmandchilik ancha rivojlangan. Pichoqchilik, do‘ppido‘zlik, kashtachilik, milliy to‘n tikish singari qator hunarmandlik yo‘nalishlarida yuqorida ta’kidlaganimizdek o‘ziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Hunari ortidan daromad topib, o‘zi, qolaversa, yurtni boy qilayotgan hunarmandlar juda ko‘p.  

Do‘ppido‘z, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibasi Yorqinoy To‘ychiyevani tumanda barcha taniydi. Chunki u qo‘li gul do‘ppido‘z, o‘zi tayyorlagan rang-barang do‘ppilari bilan Shahrixon dovrug‘ini butun yurtga yoymoqda. Eng asosiysi, yuzlab yoshlarga hunar o‘rgatib, hunarmandlar, tadbirkorlar safini kengaytirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.  

– Men o‘z xonadonimda tikuvchilik bilan shug‘ullanaman, – deydi Shahrixon mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Madinaxon Otaliqova. – Ikki nafar shogirdim bilan ish yuritaman, asosan ayollar liboslarini tikib sotamiz. Faoliyatimni kengaytirish maqsadida kredit oldim. Endi men mahallamizdagi ishsiz yoshlardan yana ikki nafarini shogird qilib yonimga olaman. Ularga hunar o‘rgataman, tikuvchilik bilan mustaqil shug‘ullanishlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlariga yordam beraman.    

Tumanda yoshlar, ayollar va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqadan samarali foydalanishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida ana shu yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadidagi tadbirkorlar hamda o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan 795 nafar fuqaroga banklar tomonidan 10 milliard 373 million so‘m miqdorida kredit ajratilganligi mazkur yo‘nalishdagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirdi.  

Mullaboy mahallasida yashovchi Maqsadbek Turg‘unov o‘z xonadonida kosibchilikni yo‘lga qo‘ygan, yarim tayyor poyabzal mahsulotlari tayyorlaydi. Uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 6,8 million so‘m kredit ajratilib, unga zarur tikuv dastgohlari olib berildi. Endilikda u daromadini oshirish imkoniga ega bo‘ldi, qolaversa, shogirdlar olib, ularga o‘z hunarini o‘rgatadi.  

– Issiqxona qurib tadbirkorlik qilishni maqsad qilgan edim, – deydi Markaz mahallasida yashovchi, yosh tadbirkor Sardorbek Toshtemirov. –“Mikrokreditbank”ning Shahrixon filialidan ajratilgan 26 million so‘m kredit hisobiga "Sherqo‘rg‘on tomorqa xizmati" MCHJ tomonidan  xonadonimdagi 4 sotix maydonga issiqxona qurib berildi. Hozirda pomidori ko‘chatlari ekib, parvarish qilyapmiz. Eng asosiysi, issiqxonada o‘zim bilan birga ikki nafar tengdoshim ham doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

– Tumanimizda “Yoshlar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 2 ming 240 nafar yoshlar kredit olib, tadbirkorlik qilish istagini bildirgan, – deydi Yoshlar agentligi tuman bo‘limi rahbari Iqboljon Xudoyberdiyev. – Ulardan 169 nafari banklar tomonidan taqdim etilgan 4 milliard 639 million so‘m kredit hisobiga o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi. Bundan tashqari, 2 ming 570 nafar ishsiz yoshlarga dehqonchilik qilish uchun 10 sotixdan yer ajratib berildi. Endilikda ular ana shu yerlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish orqali daromad topish imkoniga ega bo‘ldi.  

Shahrixon tumanidagi 76 mahallada 45 ming 930 ta xonadon bo‘lib, ularga tegishli 2 ming 857 gektar tomorqa yer maydoni mavjud. Shu kunlarda tumandagi qator mahallalarda ekin ekilmagan tomorqa qolgani yo‘q. Umuman, Shahrixonda tomorqadan unumli va samarali foydalanish borasida o‘ziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Aksariyat fuqarolar tomorqadan unumli foydalanish hadisini olgan. Ayniqsa, Naynavo, Vaxm, Bo‘ston, Yuzlab, Qo‘rg‘oncha, Nayman, Segaza, Qumko‘cha, So‘zoq singari mahallalarda bu boradagi ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni kunda tomorqadan unumli foydalanish hisobiga katta daromad olayotgan oilalar juda ko‘p. Eng muhimi, tomorqalarda yetishtirilayotgan mahsulotlar xalqimiz dasturxonining mo‘l-ko‘lligini ta’minlamoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq turli yo‘nalishlarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, nafaqat o‘zini, balki yurtni boy qilayotgan tadbirkorlar safi tobora kengayib bormoqda. Bu albatta, yurtimiz taraqqiyotini, xalqimiz turmush farovonligi yanada yuksalishiga xizmat qiladi.  

Faxriddin  UBAYDULLAEV,

Zuxriddin UMRZOQOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor yurtni boy qiladi