Tadbirkor murojaati örganilib, asossiz tölov bekor qilindi
Energiya resurslaridan oqilona va xavfsiz foydalaniş, qonunbuzilişlarning oldini oliş, isteʼmolçilar va tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş “Özenergoinspeksiya” faoliyatining muhim yönalişlaridan. Bu borada nazorat tadbirlari bilan bir qatorda, aholi va tadbirkorlar murojaatlarini örganiş hamda profilaktik işlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi "Abduhakim Omad Parranda" fermer xöjaligi rahbarining tabiiy gaz taʼminoti böyiça hisoblangan qöşimça tölov yuzasidan murojaati joyiga çiqqan holda örganildi.
Maʼlum bölişiça, gaz taʼminoti korxonasi tomonidan dastlabki hisob-kitoblarga köra, uç yillik davr uçun 2 million 670 ming 457 kub metr gaz hajmiga 8 milliard 812 million 508 ming 100 söm zarar hisoblangan. Biroq, amaldagi qoidalar talablari asosida EGHU qiyoslovdan ötkazilgan sana inobatga olinib, 2026-yil 30-yanvardan 10-oktabrga qadar bölgan 253 kun uçun qayta hisob-kitob qilindi. Natijada zarar miqdori 1 milliard 924 million 375 ming 200 sömga kamaydi va fermer xöjaligiga hisoblangan ortiqça tölov bekor qilindi.
Inspeksiya tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş holatlarini aniqlaş borasidagi işlar ham izçil davom ettirilmoqda. Xususan, Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida ötkazilgan nazorat tadbirida fuqaro M.Ş.ga tegişli binoda loyiha-texnik hujjatlarsiz, tijorat maqsadida tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holati aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, gaz taʼminoti korxonasiga 548 million sömlik zarar yetkazilgan.
Şuningdek, Farğona viloyati Quva tumanidagi "S.O." korxonasiga qaraşli nasos stansiyasida elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holati maʼlum böldi. Uşbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasiga 234 million sömlik zarar yetkazilgan.
Qoidabuzarliklarni aniqlaş bilan birga, energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş madaniyatini oşirişga ham eʼtibor qaratilmoqda. Jizzax viloyatining Ğallaorol va Baxmal tumanlarida ötkazilgan profilaktik tadbirlarda gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi, yonğinlar va elektr qurilmalaridan foydalaniş bilan boğliq baxtsiz hodisalarning oldini oliş masalalari muhokama qilindi. Masʼul taşkilotlarga xavf-xatarlarni barvaqt aniqlaş, mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş va aholi örtasida tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş böyiça tavsiyalar berildi.
Andijon viloyatining Asaka tumanida esa markaziy qozonxonalarning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligi, issiqlik energiyasini işlab çiqariş va yetkazib beriş jarayonlari örganildi. Şuningdek, Qadriyat va Amir Temur mahallalarida is gazidan zaharlanişning oldini oliş, gaz jihozlaridan xavfsiz foydalaniş böyiça profilaktik tarğibot işlari olib borildi.
“Özenergoinspeksiya” Axborot xizmati rahbari Navröz Norboboyevning taʼkidlaşiça, nazorat va profilaktika tadbirlari isteʼmolçilar hamda tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qiliş bilan uzviy boğliq.
–Bizning asosiy maqsadimiz nafaqat qoidabuzarliklarni aniqlaş, balki ularning oldini oliş, energiya resurslaridan qonuniy va xavfsiz foydalaniş muhitini şakllantirişdan iborat. Şu bilan birga, tadbirkorlar va aholidan kelib tuşayotgan murojaatlarni xolisona örganib, qonuniy yeçim topişga harakat qilamiz. Çunki har bir murojaat ortida inson manfaati, har bir profilaktik tadbir ortida esa inson hayoti va xavfsizligi turadi, – dedi Navröz Norboboyev.
Zero, energiya resurslaridan qonuniy va xavfsiz foydalanişni taʼminlaş, tadbirkorlar huquqlarini himoya qiliş va aholi xavfsizligini asraş mazkur taşkilot faoliyatining özaro uyğun yönalişlaridir.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA