Buxoro shahridagi “Shodlik” mahallasida 4400 nafar aholi mavjud bo‘lib, asosiy rivojlanish drayveri xizmat ko‘rsatishdir.

Berilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan Aziza Qurbonova shu mahallaning Q.Murtazoyev ko‘chasida istiqomat qiladi. Ushbu tinim bilmas mahorat egasining xohish va istaklari inobatga olinib, davlat tomonidan maxsus “qandolatchilik” yo‘nalishida kasb-hunarga yo‘naltirilgan. 

Dastlab u yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni boshladi. Vaqt o‘tishi bilan u turli xil pishiriqlar, tortlar, milliy taomlardan biri bo‘lgan tuxumbarak tayyorlashni ham yo‘lga qo‘ydi. Bugungi kunga kelib, u nafaqat oilasini doimiy daromad bilan ta’minlab kelmoqda, balki atrofdagilarga ham imkoniyat yaratmoqda.

Eng e’tiborli jihati shundaki, tadbirkor o‘z faoliyati orqali mahalladagi 5 nafar ayollarni ish bilan ta’minladi. Shuningdek, u 8 nafardan ortiq shogird tayyorlab, yosh xotin-qizlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birgalikda ustozlik fazilatini ham namoyon etmoqda.

Aziza Qurbonovaning erishgan yutuqlari mahalla faollari, tegishli tashkilotlar va jamoatchilik bilan olib borilgan hamkorlikdagi samarali ishlarning yaqqol natijasidir. Uning tashabbuskorligi, fidoyiligi va mehnatsevarligi mahalladagi boshqa ayollar uchun ibrat namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor Azizaga havas qilganlar safi ortmoqda