Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi tashabbusi bilan “Oʻzbekiston: Yevropada yangi imkoniyatlar” mavzusida onlayn muloqot tashkil qilindi.

Tadbirda Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar va eksportchilar assotsiatsiyalari, mazkur tuzilmalarning viloyatlardagi boʻlimlari vakillari hamda Benilyuks mamlakatlari va Daniyada tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan vatandoshlarimiz qatnashdi.

Dastavval Oʻzbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchisi Dilyor Hakimov muloqotning asosiy mavzusiga toʻxtalib, karonavirus pandemiyasi tufayli vujudga kelgan toʻsiqlarga qaramasdan, elchixona va Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi hamkorligida yil davomida qator tadbirlar oʻtkazilgani, ushbu jarayonga yurtimizdagi assotsiatsiyaga aʼzo koʻplab tadbirkorlar jalb qilinganini taʼkidlab oʻtdi.

photo_2020-10-25_20-31-26.jpg

Bugungi kunda jamiyatimizda yuz berayotgan yangilanish, oʻzgarishlar, turli jabhalarda erishilgan yutuqlarimizda – turmush farovonligini yaxshilash, oilalar barqarorligini taʼminlash, xususan, kelajak avlod – farzandlarimizni munosib, maʼrifatli, maʼnaviyatli va madaniyatli etib tarbiyalash, ularning iqtidori, salohiyatini yuzaga chiqarishga Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi ham salmoqli hissa qoʻshayotgani eʼtirof etildi.

Shuningdek, Oʻzbekistonga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, yangi texnologiya va ilm-fan yutuqlarini olib kirish, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishda Benilyuks mamlakatlari, jumladan Daniyada yashayotgan vatandoshlarimiz ham faol ekani qayd etildi.

photo_2020-10-25_20-31-21.jpg

Janob Elchi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga yordam koʻrsatish, xorijdagi hamyurtlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash orqali hamkorlikni faollashtirishga elchixona jamoasi doimo tayyorligini izhor qildi.

Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi raisi Gulnora Mahmudova oʻz navbatida konferensiya qatnashchilari – xorijdagi vatandoshlarimizni tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.

Mazkur assotsiatsiya qariyb oʻttiz yil davomida respublikamizdagi tadbirkor ayollar boshini qovushtirib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ular faolligini oshirishga hissa qoʻshib kelmoqda. Bugungi kunda ham ushbu jamoat tashkiloti mamlakatimizning eng faol xotin qizlari biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlab, ularda zamonaviy tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga yaqindan koʻmaklashmoqda.

photo_2020-10-25_20-31-17.jpg

– Hozirgi pandemiya sharoitiga xos qiyinchiliklarga qaramay, mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillari bilan bir qatorda tadbirkor ayollarimiz oʻz mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga ham olib chiqib, tashqi bozorlarni egallashga harakat qilishyapti, – deydi G. Mahmudova. – Jamiyatimiz ayollari goʻzallik industriyasidan tortib qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishgacha, barcha jabhalarda faol. Respublikamizdagi koʻpchilik tadbirkor ayollar taklifiga binoan tashkil etilgan bugungi onlayn tadbir ishbilarmon xotin-qizlarimiz safi kengayishiga, ularning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi yana-da mustahkamlanishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Benilyuks mamlakatlarida yashaydigan tadbirkor vatandoshlarimiz bilan yaqin va izchil muloqotni yoʻlga qoʻyish bugungi kun talabi. Zero, ularning mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga qiziqishi borgan sari ortmoqda. Shu bilan birga aynan biznes vakillari, ishbilarmonlar orqali Yevropadagi xaridorlarni doimiy ravishda yangi maʼlumotlar bilan muntazam taʼminlash ehtiyoji mavjud. Tan olish kerak, ishning aynan shu bosqichida boʻshliq, kamchiliklar bisyor, yaʼni amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar yetarli. Videokonferensiya davomida kelgusida xorijdagi elchixonalarimiz va vatandoshlarimiz bilan bu borada tizimli ishlarni tashkil qilishga kelishib olish zarurligi taʼkidlandi. Respublikamizdagi tadbirkor ayollar murojaatlarini inobatga olib, keyingi videomuloqotlarni milliy mahsulotlarning Yevropa bozoriga chiqarishda xorijiy mamlakatlar tomonidan qoʻyiladigan talablar, jumladan, bojxona, soliq meʼyorlari va shu kabi boshqa dolzarb masalalarga bagʻishlash, tadbirlarda xorijiy hamkorlar, mutaxassislar ishtirokini taʼminlash taklifi bildirildi.

photo_2020-10-25_20-31-13.jpg

Taʼkidlash joiz, keyingi yillarda mamlakatimiz tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifati jihatidan rivojlangan davlatlarnikidan hecham qolishmaydi, xalqaro talab va standartlarga javob beradi. Bu xorijlik ekspertlar tomonidan ham eʼtirof etilmoqda. Demak, endigi vazifa xorijlik vatandoshlarimiz yordamida respublikamiz eksport salohiyatini yana-da oshirishga hissa qoʻshish. Oʻzbekistondagi tadbirkor ayollarni xorijda yashayotgan tadbirkor vatandoshlar bilan bogʻlash, hamkorlar safini kengaytirishga xizmat qiladigan yagona platforma yaratish.

Tadbir davomida Anna Boroshok, Dilorom Izamova, Durdona Qodirova kabi vatandoshlarimiz onlayn-muloqot yuzasidan oʻz fikr mulohazalarini bildirib, oʻzbekistonlik tadbirkor ayollar bilan hamkorlikda Yevropa bozorlaridan joy olish, doimiy hamkorlar topishda amaliy yordam berishga tayyorligini bildirishdi.

photo_2020-10-25_20-31-09.jpg

Oʻzbekiston eksportchilar assotsiatsiyasi vakili Boburjon Rasulov diplomatik vakolatxonamiz boʻlmagan mamlakatlardagi faol vatandoshlar orasidan Oʻzbekistonning biznes elchilarini tayinlash taklifini aytdi. Ayni payt dunyoning 16 davlatida biznes elchilarimiz bor. Ular xorijiy davlatlar marketingini oʻrganish, maʼlumot almashish kabi samarali vositalarga asoslangan faoliyatni yoʻlga qoʻyishgan. Assotsiatsiya vakili soʻzi yakunida tadbirkor xorijiy vatandoshlarimizni biznes elchilari tayinlash boʻyicha ham yaqindan hamkorlik qilishga chaqirdi.

Tadbir yakunida qatnashchilar muntazam ravishda va alohida yoʻnalishlarda videomuloqot oʻtkazish boʻyich yillik reja ishlab chiqish, xorijdagi vatandoshlar va Oʻzbekistondagi tadbirkor ayollar ishtirokida yagona platforma yaratish, hamkorlikni faollashtirish, xorijiy hamkorlar topishda chet mamlakatlarda ishlaydigan vatandoshlar imkoniyatidan unumli foydalanish, Oʻzbekiston ishbilarmon ayollari, eksportchilar assotsiatsiyasining Benilyuks mamlakatlarida biznes elchilarini tayinlash, Benilyuks mamlakatlarida yashaydigan vatandoshlar ishtirokida savdo uyi hamda shu davlatlarda yurtimizda ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar koʻrgazmasi tashkil qilish yuzasidan kelishib olindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor ayollarimizning Yevropa bilan hamkorligi kengayadi
Жамият
20:07 / 25:10:2020