«Tadbirkor ayol»: Özbekiston qiyofasini özgartirayotgan ayollar
35 yillik taraqqiyot, tajriba va muvaffaqiyatlar tarixi
Özbekiston mustaqilligi bilan tengdoş bölgan «Tadbirkor ayol» xalqaro işbilarmon ayollar assotsiatsiyasi taşkil etilganiga bu yil 35 yil töladi. Bu nafaqat bir taşkilotning yubileyi, balki mamlakatimizda ayollar tadbirkorligining şakllanişi, rivojlanişi va jamiyat iqtisodiy hayotidagi örni tobora mustahkamlanib borayotganining muhim ifodasidir.
Öttiz beş yil — bu ğoyalar, taşabbuslar, jasorat va muhim yutuqlar tarixi. Bu mamlakatimizning eng çekka hududlarida istiqomat qilayotgan ayollarning öz imkoniyatlariga işonişi, yangi kasblarni egallaşi, biznes boşlaşi, öz brendini yaratişi va iqtisodiy mustaqillikka erişişi yölidagi katta tajribadir.
1991-yilda bir guruh taşabbuskor ayollarning ezgu niyatlari bilan taşkil etilgan Assotsiatsiya bugun mamlakatimizda ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş, ularning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlaş va işbilarmonlik salohiyatini röyobga çiqarişga xizmat qilayotgan nufuzli taşkilotlardan biriga aylandi. Ötgan yillar davomida u nafaqat poytaxtda, balki mamlakatimizning eng çekka hududlarida ham ayollarning öz kuçiga işonişi, yangi imkoniyatlardan foydalanişi va jamiyatda munosib örin egallaşi uçun zamin yaratdi.
Assotsiatsiyaning 35 yillik faoliyati davomida ayollar tadbirkorligiga bölgan munosabat ham sezilarli darajada özgardi. Bir vaqtlar tadbirkorlik asosan erkaklar faoliyati bilan boğliq sohadek tasavvur qilingan bölsa, bugun xotin-qizlar sanoat, qişloq xöjaligi, hunarmandçilik, xizmat körsatiş, savdo, turizm va boşqa yönalişlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Bu jarayonda «Tadbirkor ayol» assotsiatsiyasining örni va hissasi beqiyos.
Assotsiatsiya faoliyatining natijalari raqamlarda ham yaqqol namoyon böladi. Sönggi beş yil içida taşkilotning 103 ta hududiy bölinmasi faoliyati yölga qöyildi, 3 240 dan ortiq tadbir ötkazildi. 54 mingdan ortiq ayol Assotsiatsiya ekspertlari xizmatlaridan foydalandi, 63 mingga yaqin xotin-qizlar öqitildi, 41 ming nafar ayolning iş bilan taʼminlanişiga kömaklaşildi. Şuningdek, 22 ming nafarga yaqin xotin-qizlarga öz biznesini taşkil etiş va kengaytiriş uçun 258,8 milliard söm miqdorida kredit olişda yordam körsatildi.
Bu raqamlar ortida minglab ayollarning hayotidagi özgarişlar, yangi iş örinlari, oilaviy korxonalar, mahalliy mahsulotlar va iqtisodiy mustaqillikka erişgan xotin-qizlarning muvaffaqiyatlari mujassam. Assotsiatsiyaning maqsadi ayollarga faqat tadbirkorlik asoslarini örgatiş emas, balki ularni öz biznesini yölga qöyiş, uni barqaror rivojlantiriş va raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarişga yönaltirişdan iborat.
Bugungi kunda «Tadbirkor ayol» assotsiatsiyasi öz faoliyatini uçta muhim strategik yönaliş asosida olib bormoqda. Bular tadbirkorlik könikmalari va moliyaviy, raqamli savodxonlikni oşiriş, yaşil iqtisodiyot sohasida ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş hamda xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va jahon bozorlariga integratsiyalaşuvdir. Mazkur yönalişlar zamonaviy iqtisodiyot talablariga mos ravişda ayollarning imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, yaşil iqtisodiyot va ekologik barqarorlik masalalari bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Suv va energiya resurslaridan oqilona foydalaniş, ekologik toza mahsulotlar işlab çiqariş, qişloq hududlarida yangi biznes taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş ayol tadbirkorlar uçun muhim imkoniyatlarga aylanmoqda. Assotsiatsiya uşbu yönalişlarda bilim va amaliy könikmalar beriş orqali xotin-qizlarni zamonaviy tadbirkorlikka jalb etmoqda.
Taşkilotning xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyati ham yillar davomida kengayib bordi. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Taraqqiyot dasturi, Germaniyaning «Sparkassen Stiftung» jamğarmasi, Kanada mahalliy taşabbuslar jamğarmasi, Yevropa Tiklaniş va Taraqqiyot banki, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik taşkiloti, AQŞ, Şveysariya, Hindiston, Malayziya, Turkiya elçixonalari, Özbekistonning qator vazirliklari va idoralari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Jamoat Fondi kabi qator taşkilot va moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda amalga oşirilgan loyihalar ayollar tadbirkorligini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqaro hamkorlik ayollarga yangi bilimlar oliş, xorijiy tajribani özlaştiriş, biznes aloqalarini yölga qöyiş va jahon bozorlariga çiqiş imkonini bermoqda. Şu bilan birga, Özbekistondagi ayollar tadbirkorligining salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etişga xizmat qilmoqda.
Assotsiatsiyaning bugungi nufuzi va erişgan natijalarida uning rahbari Gulnora Ğulomnazarovna Mahmudovaning örni alohida. Uning rahbarligida taşkilot köplab muhim taşabbuslarni amalga oşirib, ayollar tadbirkorligini rivojlantirişning yangi yönalişlarini belgilab oldi. 100 dan ortiq loyihaning amalga oşirilişi, 60 mingdan ortiq ayollarning tadbirkorlik könikmalarini egallaşi va 50 mingdan ortiq xotin-qizlarning biznes yuritiş asoslari böyiça taʼlim olişi Assotsiatsiya faoliyatining salmoqli natijalaridir.
2024-yilda Gulnora Mahmudovaning Butunjahon xotin-qizlar tadbirkorligi kuni taşkilotining (WEDO)Özbekistondagi elçisi etib tayinlanişi uning ayollar tadbirkorligini rivojlantirişdagi faoliyatiga berilgan xalqaro eʼtirof böldi. Assotsiatsiyaning özi ham 2021-yilda «Eng şaffof taşkilot» deb tan olindi, 2023-yilda esa «Yuksaliş» milliy harakati tomonidan «Eng faol NNT» unvoniga sazovor böldi.
Bugungi global iqtisodiyotda raqamlaştiriş, elektron savdo, sunʼiy intellekt va innovatsion texnologiyalar tadbirkorlikning ajralmas qismiga aylanmoqda. Bu esa ayollar uçun yangi imkoniyatlar bilan birga yangi vazifalarni ham yuzaga keltirmoqda. Assotsiatsiya kelgusida raqamli savodxonlikni oşiriş, yoş qizlarni tadbirkorlikka jalb etiş, qişloq joylarda biznes taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirişga alohida eʼtibor qaratişni maqsad qilgan.
Bugun «Tadbirkor ayol» assotsiatsiyasining 35 yillik faoliyati Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytiriş, ularning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan keng kölamli islohotlar bilan hamohang davom etmoqda. Assotsiatsiya uşbu ezgu özgarişlarga yelkadoş bölib, davlatimiz rahbari belgilab bergan taraqqiyot maqsadlarini amaliy işlar, yangi loyihalar va ayollar hayotidagi aniq natijalar bilan mustahkamlaşga intiladi.
Zamon bilan hamnafas, yangilik va innovatsiyalarga oçiq, ayollarning orzu-intilişlariga hamişa hamdard bölgan Assotsiatsiya uçun eng katta qadriyat — ayol, uning salohiyati, mehnati va kelajakka bölgan işonçidir. Qaysi hududda, qanday şaroitda yaşamasin, öz biznesini boşlaşni, oilasi farovonligini oşirişni va jamiyatda munosib örin egallaşni istagan har bir xotin-qiz «Tadbirkor ayol»ning eʼtibori va kömagida bölişga intiladi.
35 yillik tarixdan kuç olgan Assotsiatsiya bugun ham ayollar bilan birga, ularning orzu va maqsadlariga hamnafas, yangi taraqqiyot sari dadil odimlamoqda. Zero, ayollar tadbirkorligi rivojlangan yurtda farovonlik, ijtimoiy barqarorlik va kelajakka işonç mustahkam böladi. «Tadbirkor ayol» assotsiatsiyasining 35 yillik yubileyi — bu ötgan yölga nazar taşlaşgina emas, balki yangi marralar sari intiliş, yangi imkoniyatlar yaratiş va yanada köproq ayollarni muvaffaqiyat sari yetaklaş uçun muhim bosqiçdir.
35 yil — bu şunçaki sana emas. Bu ayollar imkoniyatlariga işonç, mehnat va muvaffaqiyat bilan yozilgan tarix. «Tadbirkor ayol» assotsiatsiyasi bugun ham, ertaga ham ayollar bilan birga, zamon bilan hamnafas va yurt taraqqiyotiga yelkadoş bölib qoladi.

Nigora Yakubova,
"Tadbirkor ayol" xalqaro işbilarmon
ayollar assotsiatsiyasi rais örinbosari