FOTOREPORTAJ
Joylarda davom etayotgan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni jajji kichkintoylarga olam-olam shodlik tuhfa etmoqda.
Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bolajonlar bayramni ko‘tarinki kayfiyatda nishonladi.
[gallery-12199]
370 nafar kichkintoy tarbiyalanayotgan ushbu muassasada turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘ngilochar dasturlarni o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Bugungi tadbirda ham bolajonlar o‘zlari yod olgan quvnoq she’r va qo‘shiqlarni ijro etib, sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi. “Quvnoq pufakchalar”, “Shirintoylar poygasi”da ayniqsa, ular nechog‘li epchil va chaqqonligini ko‘rsatdi.
Tadbir bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.
Kamola Yusupova, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA