Energetika vazirligi va “Hududgazta’minot” AJ tomonidan iste’molchilarga tabiiy gaz sarfi hamda xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi “Hudud Gaz Taʼminot” mobil ilovasi test sinovida ishga tushirildi.

Iste’molchilar ilovani Android va iOS qurilmalariga bepul yuklab olishlari mumkin. U orqali kunlik va oylik iste’molni kuzatish, gaz hisob raqamlariga to‘lov qilish, suyultirilgan gaz hisoblarini to‘ldirish va biriktirilgan ballonlar ro‘yxatini ko‘rish mumkin.

Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, ilovadan foydalanish uchun shaxsiy hisob raqami va One ID xizmati orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Mazkur ilova orqali iste’molchilar gaz sarfini kuzatish, to‘lovlarni amalga oshirish va iste’mol hisoblarini nazorat qilishda yuqori darajada qulaylikka erishishlari kutilmoqda.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy gaz iste’molini kuzatish uchun “Hudud Gaz Taʼminot” mobil ilovasi ishga tushirildi