Eronning Ramsar shahrida 1971 yil 2 fevral kuni “Suvda suzuvchi qushlar yashashi uchun xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoqlik hududlari to‘g‘risida” gi konvensiya tuzilgan. Hozirgi kunda 171 ta mamlakat uning ishtirokchisi hisoblanadi. O‘zbekiston ham 2001 yilda mazkur konvensiyaga qo‘shilgan. Dunyodagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan 2400 dan ortiq suv-botqoqlik hududlari konvensiya ro‘yxatiga kiritilgan.

Mamlakatimizning umumiy maydoni 590 ming 400 gektar bo‘lgan 3 ta suv hududi Ramsar ro‘yxatiga olingan. Dengizko‘l, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, To‘dako‘l va  Quyimozor suv omborlari  shular jumlasidandir. Ramsar ro‘yxatiga kiritilgan 3 ta hududning 2 tasi Navoiy viloyatida joylashgan.   

[gallery-10475]

To‘dako‘l suv havzasi hududida joylashgan “Meridian” dam olish maskanida “Biologik xilma-xillikni saqlash uchun zarur bo‘lgan suv-botqoqlik hududlarining tarmog‘ini rivojlantirish va boshqarish” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shular haqida batafsil ma’lumot berildi.  

Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Ramsar konvensiyasining maqsadi, geografik joylashishidan qat’iy nazar, biologik xilma-xillikni saqlash uchun zarur bo‘lgan eng qimmatli suv-botqoqlik hududlarining xalqaro tarmog‘ini rivojlantirish va boshqarish, suvda suzuvchi qushlarning yashash joylarini himoya qilish, bu borada To‘dako‘l suv havzasida davlat inspektorlari tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari haqida ma’lumot berildi.  

– Konvensiya nizomiga muvofiq, agar qaysi bir davlat Ramsar ro‘yxatiga kiritilgan ob’ektning chegarasini kichraytirsa yoki undan chiqarsa, imkoni boricha, yo‘qotilgan suv-botqoqlik hududi resursining o‘rnini qoplashi, ya’ni suvda suzuvchi qushlar uchun qo‘shimcha sharoit yaratishi lozim. Shu bilan birga, ularning oldingi yashash muhiti muhofazasini tashkil qilishi zarur, – deydi Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi X.Baqoyev. – Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoqlik hududlarini belgilash mezonlari Ramsar konvensiyasi ishtirokchilarining 1990 yilda Montro (Shveysariya) shahrida bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi konferensiyasida qabul qilingan. Bu konvensiya geografik joylashishidan qat’i nazar, biologik xilma-xillikni saqlash uchun zarur bo‘lgan eng qimmatli suv-botqoqlik hududlarining xalqaro tarmog‘ini rivojlantirish va boshqarishdir. Bunday joylar o‘ziga xos bioxilma-xillik maskani, iqlimni barqarorlashtiruvchi va ko‘pincha chuchuk suv manbalari hisoblanadi.  

Mutaxasislarning ma’lumotiga ko‘ra mazkur hududdan uchib o‘tuvchi qushlarning 229 turi uchraydi. Ularning 24 turi esa O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.  

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyati Kengashi raisi Alijon Jalilov hamda “Jonli tabiat” NNT rahbari Eshmamat Tog‘ayevlar so‘zga chiqib, ushbu hududdagi suv-botqoqlik hududlarini muhofaza qilish, suvda suzuvchi qushlar uchun qulay muhofaza hududlarini yaratish, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni yanada kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.  

– To‘dako‘l va Quyimozor suv omborlari Qizilqum cho‘lining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan hamda qurg‘oqchil Markaziy Osiyo cho‘l va kserofit butazorlar biogeografik mintaqasida asosiy suv manbalari bo‘lib xizmat qiladi, – deydi “Jonli tabiat” NNT rahbari Eshmamat Tog‘ayev. – Mazkur suv omborlari hududida botqoqlik va kichik suv havzalari mavjud bo‘lib, ko‘chib yuruvchi qushlarning Markaziy Osiyoda uchib o‘tish yo‘lidagi muhim to‘xtash joyi hisoblanadi. Maqsadimiz hayvonot va o‘simliklar dunyosini asrash, ona tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, suvda suzuvchi qushlar uchun muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni yaratishdir.  

Matbuot anjumanida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan batafsil javob oldi.  

Abduvali Bo‘riyev,  

S.Aslonov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiatni asrash – insoniyatni asrash demak