Tabiatga 8,9 milliard sömlik zarar yetkazilgani aniqlandi
Tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, yer va yer osti boyliklarini asrab-avaylaş, ekologik qonunbuzilişlarning oldini oliş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan ekologik barqarorlikni taʼminlaş, atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiiy boyliklardan qonuniy foydalanişga qaratilayotgan alohida eʼtibor bu borada masʼul idoralar oldiga muhim vazifalarni qöymoqda.
Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan dronlar yordamida ötkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida Ğijduvon tumanida ana şunday ekologik qonunbuziliş holati aniqlandi.
Maʼlum bölişiça, tumanning “Kökça” mahalla fuqarolar yiğini hududidagi yaylov yer maydonidan fuqaro B.Ğ. öziga tegişli bölmagan hududda noqonuniy ravişda qum-şağal aralaşmasini qazib olgan.
Mutaxassislar tomonidan ötkazilgan örganiş va hisob-kitoblar natijasida uşbu qonunbuziliş oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 8,9 milliard söm etib baholandi.
Holat yuzasidan töplangan hujjatlar qonuniy çora köriş, huquqbuzarlikka huquqiy baho beriş hamda yetkazilgan zararni undiriş masalasini hal etiş uçun viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Bu raqamlar tabiiy boyliklarga nisbatan masʼuliyatsiz munosabat qanday oğir ekologik va iqtisodiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligini yaqqol körsatadi. Ayniqsa, yaylov yerlarida ruxsatsiz qaziş işlarini olib boriş nafaqat yer qoplamining buzilişi, balki hududning tabiiy muvozanatiga ham salbiy taʼsir körsatadi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri