“Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan Jizzax viloyatidagi Zomin milliy tabiat bog‘ida “Plogging Tour” (chiqindi yig‘ish) ekoharakati hamda “Piknik madaniyati” aksiyasi o‘tkazildi.

Ushbu aksiya davlatimiz rahbarining 2023 yil 31 maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi. 

Tadbirda viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, “Zomin” milliy tabiat bog‘i, Zomin tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Zomin davlat o‘rmon xo‘jaligi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyat kengashi, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining Jizzax viloyat boshqarmasi, “Eko-sfera” MCHJ Zomin tumani filiali hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, yosh ekofaollar ishtirok etishdi.

[gallery-23686]

– Bahor va yoz mavsumida ushbu hududdagi ommabop ekoturizm maskanlariga aholi vakillari, asosan tabiat qo‘ynida dam olish va “piknik”lar tashkil qilish maqsadida kelishadi, – deydi “Zomin” milliy tabiat bog‘i direktori o‘rinbosari Husniddin Hazratqulov. – Achinarlisi, ushbu tadbirlardan so‘ng, dam olish hududlariga fuqarolarimiz tomonidan ko‘plab chiqindilar tashlab ketiladi. Afsuski, belgilangan tartib qoidalarga rioya qilmasdan, ochiq olovdan foydalanish va yoki tartibsiz gulxan yoqish holatlari ham borgan sari ko‘payib bormoqda. Dam olish tartib-qoidalariga amal qilmaslik oqibatida atrof-muhit ifloslanayotgani, o‘simlik va hayvonot olamiga zarar keltirilayotgani juda ham achinarli holdir.

Mazkur “plogging” va “piknik” aksiyasini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yuqoridagi kabi holatlar atrof-muhit uchun nechog‘lik zararli ekanligini dam oluvchilarga uqtirish, tushuntirish, “plogging” orqali ularni tabiatni toza saqlashga undash va “piknik” orqali dam olish, ekologik madaniyatni shakllantirishdan iboratdir.

Tadbir davomida ishtirokchilar hududdagi “piknik” maydonlarini chiqindilardan tozalashdi. Shu bilan birgalikda dam oluvchilarga “Piknik madaniyati” haqida targ‘ibot ishlari olib borilib, atroflicha tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida ushbu aksiyada faol ishtirok etgan jamoalar va ekofaol yoshlar ekologiya vazirining diplom va sertifikatlari bilan taqdirlanishdi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiat qo‘ynida dam olishning ham o‘z madaniyati bor