Yurtimizda quyosh tafti tevarak-atrofni qizdirayotgan shu kunlarda Surxondaryo viloyatidagi xushmanzara “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘ida o‘rmon yong‘inlarining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ona tabiatning noyob nabotot va hayvonot dunyosini o‘zida jamlagan milliy bog‘ “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligining “Tamshush” va “Zevar” bo‘limlariga qarashli “Kundai juvoz”, “Ustochi beob”, “Mizot”, “Zanbek”, “Zinchob”, “Kishtut”, “Tamarxud”, “Zevar” hududlaridan jami 27 ming 851 gektar yer maydonida tashkil etilgan.  

Bog‘da tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladigan turli dov-daraxtlar, “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob jonivorlar va qushlar, tovlanishi ko‘zni qamashtiradigan rang-barang gullar, ifori dimoqqa xush yoqadigan shifobaxsh giyohlar, daryolarida qizil forel, marinka baliqlari uchraydi.  

Hisor tog‘ bag‘irlariga ona tabiat in’om etgan bunday noyob boylikni asrab-avaylash va yoz chillasida kutilmagan yong‘indan saqlash uchun “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i va Sariosiyo tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi o‘rmon yong‘inlarining oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbir ishlab chiqdi. Milliy tabiat bog‘iga tutash aholi punktlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Barcha hududlarga yong‘inning oldini olish bo‘yicha ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilib, nazorat kuchaytirildi.  

– Hali hududimiz me’yordan juda ortiq isib ketmayotgan bo‘lsa-da, ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘ydik. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining joriy yil 12-13 iyun kunlari o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham mazkur masala yuzasidan amalga oshiradigan ishlarimiz belgilab berildi, – deydi “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i direktori Nuriddin Sattarov. – Qalin o‘rmonzor va pichanzorlarimizni yong‘indan asrab-avaylash uchun har bir hududda 200 litrdan suv va 10 qopdan qum zaxirasini tayyorladik. Zaruriy birlamchi asbob-uskunalar bilan jihozladik. Buloq, chashma, soy va daryolarning suv yo‘llari ochilib ta’mirlandi. So‘qmoqlar chirigan yog‘och bo‘laklari va yengil yonuvchi xas-xashaklardan tozalanmoqda. Pichanzorlardagi qurigan xashaklarni o‘rish ishlari davom etayotir.  

Tabiat bog‘i xodimlari yong‘in xavfsizligi bo‘yicha nazorat ishlarini olib bormoqda.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiat bog‘ida o‘rmon yong‘inlariga qarshi choralar belgilandi