Taassurotlarga boy bo‘lgan “Ultimate Man Moynoq – 2026” festivali
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida “Ultimate Man Moynoq – 2026” festivali bo‘lib o‘tdi.
Festival doirasida tashkil etilgan tadbirlar va sport musobaqalarida turli mamlakatlardan100 nafarga yaqin sayyoh katta qiziqish bilan ishtirok etdi.

Bugungi kunda Mo‘ynoq tumanida ham iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlardan biri – turizm jadal rivojlanib, mamlakatimiz taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Xorijiy sayyohlarning hududga qiziqishi muttasil ortib, 2023-yili bu yerga 112 ming nafar sayyoh kelgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich 300 ming nafarga yetdi.

Ikki kun davomida o‘tkazilgan sport musobaqalari va ko‘ngilochar tadbirlar mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi. Mamlakatimizning eng chekka hududining yuksak turistik salohiyati, o‘ziga xos muhiti va jozibadorligi yana bir bor namoyish etildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.