Ta’lim va sport uyg‘unligi
Surxondaryo viloyati Termiz maktabgacha ta’lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida 1 ming 340 nafar o‘quvchi boshlang‘ich ta’lim, maktabgacha ta’lim, jismoniy tarbiya va bolalar sporti, maktabdan tashqari va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy bilimga ega bo‘lish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bu yerda o‘qitishning zamonaviy pedagogik andozasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘quvchilarni darsdan so‘ng to‘garaklarga qamrab olishga alohida e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, basketbol, voleybol, yengil atletika, futbol, stol tennisi, kurash, shaxmat, shashka kabi sport to‘garaklari yoshlar bilan gavjum.
Bitiruvchilarning kelgusi bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli muassasa, tashkilotlar bilan uch tomonlama shartnoma tuzish ishlari izchil olib borilmoqda. Ayni paytda 392 bitiruvchining 80 foizi bilan shunday kelishuv imzolangan.