Suyultirilgan gaz taʼminoti va yetkazib beriş jarayonlari örganilmoqda
Bugungi kunda yurtimizda mavjud resurslardan oqilona foydalanişni yölga qöygan holda suyultirilgan gazni aholiga öz vaqtida yetarli miqdorda bozor mexanizmlarini bosqiçma-bosqiç joriy etgan holda yetkazib berişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bunda Davlatimiz rahbarining 2026-yil 12-sentabrdagi “Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş tizimini isloh qiliş va bozor mexanizmlarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori dasturulamal vazifani bajarmoqda. Uşbu qaror asosida aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş sohasidagi funksiyalarni ixtisoslaştiriş, mazkur faoliyatning moliyaviy şaffofligini taʼminlaş va bozor mexanizmlarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ taʼsisçiligida “LPG-Trade” masʼuliyati çeklangan jamiyati taşkil qilindi

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Qöriqlaş departamenti boşliği, polkovnik Qobil Şodibekov, Navoiy viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği Azat Tasbayev hamda “LPG-Trade” MÇJ rahbari Jamşid Muhammedov iştirokida mazkur yangi tizim faoliyatini samarali yölga qöyiş, hududlarda suyultirilgan gaz taʼminoti va yetkazib beriş jarayonlarini nazorat qiliş maqsadida joylarda örganiş işlari olib borildi.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filialida bölib ötgan örganiş işlarida gaz taʼminoti elektron dasturi orqali viloyatda suyultirilgan gaz taʼminoti va uning aholiga yetkazilişi, davriyligi közdan keçirildi.
Bugungi kunda viloyatda 107 ming 113 ta suyultirilgan gaz isteʼmolçilari mavjud. Maişiy gaz ballon yetkaziş uçun esa jami 27 ta maxsus texnikalar jalb etilgan.

Örganiş davomida isteʼmolçilarga belgilangan muddatdan keçiktirilmay, öz vaqtida maişiy gaz ballon yetkaziş va mavjud muammolarni tezkor hal etilişini taʼminlaş, bunda şaffoflikka amal qiliş muhimligi alohida taʼkidlandi. Şuningdek, olis va çekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazişda texnikalar sozligiga alohida eʼtibor qaratiş va bu boradagi işlarni öz vaqtida amalga oşiriş barqaror taʼminotga xizmat qilişi aytib ötildi. Şu bilan birga suyultirilgan gaz taʼminotida korrupsiya holatlarga yöl qöymaslik, murojaatlarni öz vaqtida körib çiqiş hamda aholiga maişiy gaz ballonlarni öz muddatida sifatli yetkaziş böyiça masʼullarga zarur topşiriqlar berildi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri