Qurilish mamlakat iqtisodiyotining yetakchi sohalaridan biri. Xalqimiz hayotining yanada obod va farovon bo‘lishida quruvchi-yu ustalarning mehnati beqiyos.

Uchquduqlik konchi va metallurglarga xizmat qilayotgan chiroyli binolarning qurilishi, ta’mirlanishida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli qurilish ta’mirlash uchastkasi suvoqchi ustasi Klara Adashovaning ham hissasi katta.

Uchquduqning izg‘irinli kishida yoki jazirama issig‘ida shunday ishda ishlashning o‘zi matonat. Ammo Klara opa yilning to‘rt faslida ham qurilish ishlarida goh ko‘chada, goh ichkarida suvoq ishlarini bajaradi. O‘ndan ortiq quruvchi bo‘laman, degan yoshlarga o‘z kasbining sir-asrorlarini o‘rgatadi. 

– Esimni taniganimdan buyon qurilishning nonini yeyman, – deydi Klara Adashova. – Biz ana shu ishning ortidan katta bo‘lganmiz. Otamni Qoraqalpog‘istonda Sa’dulla usta deyishadi. Duradgorlik bormi, suvoq ishi bormi, g‘isht quyishdan terishgacha hamma ishni qilib ketaverardilar. Otamning qo‘llari doim qadoq bo‘lardi. Kechalari sutning yuzida ivigan qaymog‘ini qo‘llarining qadog‘iga surtardik. Otam ana yaxshi bo‘ldi, deb ish qurollarini olib ishga ketardi. O‘zimizga yaqinroq joydan ish olsa, biz, bolalar ham unga yordamga borardik. G‘isht tashish, suv tashish ishlariga yordam qilardik. O‘shanda ham chaqqoni men bo‘lsam kerak, onamga Klaradan zo‘r usta chiqadi-yu, lekin qiz bolada, deb qo‘yarkanlar. Endi o‘ylasam ota-ona ro‘zg‘ori, farzandlari uchun hamma narsaga tayyor turarkan. Otam bizni o‘g‘il-qiz, deb ajratmay tanlagan sohamizda o‘qish uchun imkon yaratib berdi. 

Klara opa Moskvada savdo texnikumida o‘qidi. Qiz bola palaxmon toshi deganlaridek, kursdoshi bilan turmush qurib, Namanganning Chortog‘iga kelin bo‘ldi. Asli Qoraqalpog‘istoning To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan Klara Adashovaning 2 nafar farzandi va turmush o‘rtog‘i bilan keyingi 20 yillik umri Uchquduq bilan chambarchas bog‘liq.

– Katta oilaga kelin bo‘lganim uchun alohida imorat qilib chiqishimiz kerak bo‘ldi, – deydi Klara opa. – Turmush o‘rtog‘im bilan g‘isht quyib, suvoq qilib, uy soldik. O‘shanda otamning sovuqda qo‘llari yorilganda qanchalik og‘riganini his etganman. Shimoliy kon boshqarmasiga ishga kirish uchun murojaat qilganimda suvoqchilik uchun bo‘sh ish o‘rni borligini aytishgan. Turmush o‘rtog‘im dastlab loy-suvoqqa botib ishlashimni unchalik yoqtirmadi. Lekin har safar ishimdan ko‘nglim to‘lib, uyga qaytganimni ko‘rib rozi bo‘ldi. Dastlab ustozlarimdan ish o‘rgandim. Mana 12 yildirki o‘zim Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli qurilish ta’mirlash uchastkasida suvoqchilikda yangi ishga kelayotgan yoshlarga kasb sirlarini o‘rgatyapman. O‘zim ham boshida suvoqchilik ayollarning ishi emas, deb o‘ylardim. Ammo hozir o‘ylasam suvoqchilik ham bir go‘zallik yaratish san’ati ekan. Nechta korxona, tashkilotlarning ko‘rimsizgina xonalari bizning ishimizdan keyin shinam, yorug‘ bo‘ladi, binolar chiroyli tusga kiradi. 

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli qurilish ta’mirlash uchastkasiga korxonadagi xizmat binolari va ijtimoiy ob’ektlarni tiklash va ta’mirlash ishlari yuklatilgan. 2022 yilning birinchi yarim yilligida Markaziy moddiy-texnika bazasi hududida 5 dona ayvon qurilishi, Kon jihozlari ta’mirlash sexida ta’mirlash ishlari, “Dovg‘iztov” koni 4-sonli Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasini ko‘chirish ishlari, Avtomobil transporti boshqarmasi ob’ektlari, 99818-sonli harbiy qismning qurilish ishlari aynan mazkur uchastka quruvchilari tomonidan bajarildi. 

Shuningdek, boshqarmaning ma’muriy binolarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, Texnik kutubxona, Kadrlar tayyorlash bo‘limi, Dispetcherlik xizmati xonalari zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi. “Sharqiy” konidagi portlatish moddalari ombori, Temir yo‘l sexi Markaziy stansiyasi, Markaziy arxiv xonalari, Axborot xizmati binosi, “Dovg‘iztov” koni 5-sonli yotoqxonasi joriy ta’mirlanib, ishchi-xodimlarga qulay va shinam shart-sharoitlar yaratib berildi. “Dovg‘iztov” konining Kir yuvish sexi foydalanishga topshirildi. Hozirgi kunda 1-sonli Avtokorxonaning Foydalanish uchastkasi yangi binosining qurilishi ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Bu ishlarda esa Klara opa singari o‘nlab, yuzlab ishchilarning hissasi bor.

Qurilishda yil davomida ish to‘xtamaydi. Sovuqdan qo‘llar tilim-tilim yoriladigan paytlar ham bo‘ladi. Lekin qarangki, otasiga o‘xshab unga ham endi og‘riqlar bilinmaydi. Chunki el, xalq duosi unga kuch beradi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suvoqchilik ham go‘zallik yaratish san’ati