Suv – hayot manbai. Oddiy iste’moldan tortib, qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan noz-ne’matlargacha, bunyod bo‘layotgan osmono‘par binolar, eng zamonaviy texnologiyalargacha, barcha-barchasini suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tabiat tomonidan ato etilgan bu ne’matning zaxiralari yildan yilga kamayib bormoqda. Ayni paytda dunyodagi ko‘plab davlatlar o‘zlarida mavjud resurslarning deyarli barchasidan foydalanmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha o‘tgan asrning 60 yillariga qiyoslaganda dunyoda suvga talab ikki baravar ko‘paygan. Bunga aholi sonining ortishi, qishloq xo‘jaligi va sanoatning rivojlanishi ta’sir ko‘rsatdi. Iqlim o‘zgarishi sabab, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida aholi toza ichimlik suvi yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlarining ta’kidlashicha hozirda yer yuzida qariyb 1 milliard 100 million kishi turli darajadagi suv tanqisligidan aziyat chekmoqda.

 Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, mamlakatimizdagi suv resurslarining 20 foizi o‘zimizda, katta qismi qo‘shni davlatlarda shakllanadi. Iqlim o‘zgarishi oqibatida suv manbalari yil sayin kamayib bormoqda. Transchegaraviy daryolarni boshqarish bo‘yicha vaziyat ham jiddiy. Bularning ta’sirida 2030 yilga borib yurtimizdagi suv tanqisligi 15 milliard kub metrga yetishi taxmin qilinmoqda. Mamlakatimizdagi jami suv resursining 90 foizi foydalaniladigan qishloq xo‘jaligida yurtimizda bir gektar paxta maydonini sug‘orish uchun yiliga 10-11 ming kubometr suv sarflangani holda, iqlimi va yeri biznikiga o‘xshash mamlakatlarda bundan 2-3 baravar kam suv ishlatilyapti. U ham bo‘lsa, suvni to‘g‘ri boshqarish, isrof qilmaslik hisobiga. Suv xo‘jaligiga har yili o‘rtacha 1 milliard dollar mablag‘ yo‘naltirilmoqda. Bu soha byudjetdan mablag‘ olish bo‘yicha ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligidan keyin 4-o‘rinda turadi. Ammo tizimda hisob-kitob to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani, suv resurslarini boshqarishda eskicha yondashuvlar saqlanib qolgani uchun samara kam. 

Umuman, suv yo‘qotishlari oqibatida iqtisodiyotimizda yiliga 5 milliard dollar daromad boy berilyapti. Kanal va ariqlarni betonlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, suvni yetkazish xarajatlarini qisqartirish borasidagi ishlarga tanqidiy qarash lozim. Kelajakda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar yetarli. Moliyaviy-tashkiliy jihatlar bo‘yicha suv tejash joriy etilgan maydonlarni har yili kengaytirib borish, Turkiya, Ispaniya va Xitoyning bu boradagi tajribalarini o‘rganish muhim.

Prezidentimiz sohaga oid videoselektorda muhokama qilingan masalalar haqida mushohada yuritar ekanman, suvni tejash, uni isrof qilmasdan foydalanish har birimiz uchun ham qarz, ham farzligi ayon bo‘ladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda inson va uning manfaatlari eng oliy qadriyat deb qaralayotgan islohotlar sabab, bugungi kunda toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan mahallalar, xonadonlar soni yildan-yilga ko‘paymoqda. Yaqin yaqingacha ichimlik suvini falon pulga sotib olayotgan mahallalarda bugungi kunda jo‘mraklardan oqib yotgan suv, o‘ylamasdan isrof qilinmoqda. Boisi, tom ma’noda yurtimizda, boshqa mamlakatlarga solishtirganda “suv tekin”. 

Birgina misol, Jizzax viloyatidagi ko‘plab aholi maskanlari toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Biroq, bugun mazkur hududlardagi mahallalarda suvga bo‘lgan munosabatni ko‘rib, ichingiz achiydi. Ko‘chalardagi suv quvurlari jo‘mraklari ishdan chiqqan. Suv isrofgarchiligi katta. Toza ichimlik suvi sarflanayotgan mashina yuvish shoxobchalari haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Afsuski, bunday holatni viloyatning barcha hududlarida kuzatish mumkin. 

Shunday kezlar, tadqiqotchi Otabek Bakirovning: “...Xorijliklar, ayniqsa, yevropaliklarning suvga bo‘lgan munosabati ko‘pchilikni hayratlantiradi. Ular bizning xalqimizdan aqlli bo‘lgani uchunmi? Yo‘q, ular suvga bizdan bir necha o‘n marta ko‘p haq to‘lagani uchun suvga bo‘lgan munosabat shunday”, degan gaplari yodimga tushadi. Ochig‘ini aytish kerak, toza ichimlik suvi narxining arzonligi ham ba’zi hollarda isrofgarchilikka sabab bo‘lyapti. Oldimizda oqayotgan suvning qadri bo‘lishi uchun, uni xonadonlarimizgacha yetib kelishida sarflanayotgan mablag‘, sohada ishlayotgan odamlarning mehnatini qadrlash, ularning haqqini to‘liq uzishimiz ham qarz, ham farz. Suv o‘z nomi bilan bebaho, U tekin emas. “Nimani xor qilsang, shunga zor bo‘lasan!”, – deydi dono xalqimiz. Shunday ekan, suvni tejash, uning ortiqcha isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik suv tanqisligi muammosiga yechim topilishida har birimizning qo‘shgan hissamiz ekanligini unutmaylik. 

Sherzod Mamatqulov, 

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi apparat rahbari 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suvni tejash, uning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur