FOTOREPORTAJ
Buxoro shahridagi 29-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida “Suvni tejash – davr talabi” haftaligi o‘tkazilmoqda.
Haftalik doirasida oila, maktab va mahallada suvdan samarali va tejamkor foydalanish, maishiy turmushda suvni tejash, dunyoda suv tanqisligi muammosiga oid mavzularda o‘quvchilarga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
[gallery-13807]
Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida mavzuga oid insholar tanlovi, rasm chizish, sahna namoyishlari, suvni tejashni targ‘ib etuvchi ko‘rinishlar tashkil qilinayotir.
– Suv – eng bebaho ne’mat, - deydi maktab direktori Gulchehra Ravshanova. – Uni tejash borasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borishga har birimiz burchlimiz. Bu jarayonda, ota-onalar, nuroniylarimizning ko‘magi muhim ahamiyat kasb etadi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA