Bugun ko‘p gapirilayotgan va muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzulardan biri toza ichimlik suvi muammosidir.

Barchamizga ma’lumki, oltinga teng bo‘lgan ichimlik suvi haddan ziyod ko‘p isrof qilinmoqda. Bunga kundalik hayotimizda har kuni duch kelamiz. Ko‘chalarda yoxud hovlimizda oqib yotgan suvni ko‘rganda jo‘mrakni yopishga hafsala qilmaymiz. Ertalab yuz-qo‘limizni, tishimizni yuvayotganda haddan ziyod suvni ko‘p isrof qilamiz. Ayolimiz, qizlarimiz oshxonada idish-tovoqni yuvishda jo‘mrakni ochib qo‘ygan holda ichimlik suvidan foydalanadi. Xo‘sh, suvdan oqilona foydalanish, isrofgarchiligining oldini olish uchun nima qilmog‘imiz kerak? Qanday chora-tadbirlar kifoya qiladi?

Aslida bu kabi salbiy holatlarning oldini olish uchun farzandlarimizga yoshlikdan, bolalikdan tushuntirishimiz, ular ongiga suv tekin emasligini, u barcha jonzotlarning yashashi uchun muhim ekanligini singdirib borishimiz kerak.

Ana shu maqsadda “Navoiy suv ta’minoti” AJ tashabbusi bilan Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabida tadbir tashkil etildi.

– Suvni asrash va undan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun ochiq darslar tashkil etilmoqda, – deydi “Navoiy suv ta’minoti” AJ mas’ul xodimi Lobar Do‘stova. – Tadbirlarimiz davomida o‘quvchilarga suvning hayotimizdagi ahamiyati, uni tejash zarurati va isrofgarchilikning oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumotlar berilib, ichimlik suvini isrof qilmaslik, undan unumli foydalanish yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda. Maktab o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, rasmlar tanlovi ham tashkil etdik. O‘quvchilarimiz o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Bu kabi tadbirlarimiz viloyatimizning barcha maktablarida davom etadi.

Ichimlik suvidan foydalanishda tejamkor bo‘lish, uni isrof qilmaslik har bir fuqaroning insoniy burchi. Suvdan foydalanish madaniyatini bolalikdan shakllantirish esa barchada bu bebaho ne’matga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi.  

– Hammamizga ma’lumki, suvni isrof qilish va suvga bo‘lgan ehtiyoj global muammoga aylanib ulgurgan, – deydi biologiya fani o‘qituvchisi Ramazon Islomov. – Bugungi tadbirda bu muammo sabablari, oqibatlari, yechimi va suvni asrash haqida o‘quvchilarimizga ma’lumotlar berildi. Nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilarimiz ham suvni tejash va undan oqilona foydalanish borasida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘zlariga kerakli xulosalarni oldi, deb o‘ylayman.  

[gallery-21601]

Tadbir davomida o‘quvchilar ishtirokida ochiq dars tashkil etilib, videoroliklar namoyish etildi. O‘z navbatida o‘quvchilar ham mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon etdi.

– Bugungi tadbirda o‘quvchilar o‘rtasida rasmlar tanlovi va ochiq darslar ham o‘tkazildi, – deydi Robiyabonu Qodirova. – Ochiq darslardan bildikki, suvni asrash har birimizning burchimiz ekan. Barcha insonlar suvni asrashi kerak. Bugungi olgan ma’lumotlarimizni oilamiz davrasida, do‘st, dugonalarimizga ham gapirib beramiz. Olgan bilimlarimizga har doim amal qilamiz.  

Tadbir yakunida faol ishtirokchilar va o‘qituvchilarga “Navoiy suv ta’minoti” AJ rahbariyati tomonidan minnatdorlik bildirildi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zqmu1eKmSp4" title="Suvni asrash va tejash bolalikdan boshlanadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat, video), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suvni asrash va tejash bolalikdan boshlanadi (+video)